So’nggi yangiliklar

18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0 18:19Нойер жароҳат олди  2 17:50Қорақалпоғистон Республикаси Жўқорғи Кенгесининг Раиси "Арал" жамоаси аъзолари билан учрашди  4 17:25Гвардиола: "Жуда қийин бўлди, "Кристал Пэлас" жуда кучли"  0 17:08TVCOM'да бугунги тақвим: АПЛ ўзбек шарҳида ва бошқалар  0 16:39ФИФА платформасига интеграция: ПФЛ клубларга қатъий талаб қўйди  1 16:14"2027 йилги футбол бўйича U-20 Жаҳон чемпионатига тайёргарлик кўриш ва уни ўтказиш чора-тадбирлари тўғрисида"ги Президент Қарори эълон қилинди  0 15:40Тошкент футболи — 100 ёшда  2 15:18МЮ истеъдоди атрофида ажиотаж: 12 та клуб у учун саф тортди  2 14:50Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячисини мақтади  4 14:22Ла Лигада навбатдаги истеъфо  0 13:53Ван Дейк Салоҳ билан суҳбати ҳақида гапирди  2 13:24"Эмери эффекти": "Астон Вилла" клуб рекордини ўрнатди  11 12:56Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади  51 12:28Мадрид клуби "Манчестер Юнайтед" ҳимоячисини кузатмоқда  2

Nodir Eliboev: "Bizda yangi davr boshlanmoqda. Tajribali o'yinchilar o'z o'rnini yoshlarga bo'shatib berishi tabiiy hol" Yangiliklar

Nodir Eliboev: "Bizda yangi davr boshlanmoqda. Tajribali o'yinchilar o'z o'rnini yoshlarga bo'shatib berishi tabiiy hol"

O'zbekiston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Nodir Eliboev Osiyo Kubogi-2026 saralash bosqichi oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Avvalo, Qirg'iziston futzal federaciyasiga minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Barcha ishtirokchilarga saralashda muvaffaqiyat tilayman.

Tayyorgarlik masalasiga kelsak, biz bu erga o'z vazifamizni bajarish uchun keldik. Eng avvalo, Osiyo chempionatiga yo'l olishimiz kerak. Har bir o'yinda g'alaba qozonishimiz shart. Saralash bosqichiga 100 foiz tayyormiz.

Bizda ham bazi muammolar bor, aytaylik, jarohat olgan o'yinchilar masalasida, ammo bu boshqa mavzu, baribir to'liq tayyormiz. Barcha futbolchilarimiz shay turibdi. To'g'ri, so'nggi o'rtoqlik uchrashuvida Yaponiyaga yutqazdik, lekin bundan yaxshi saboq oldik. Bu o'yin bizga foyda keltirdi deb o'ylayman.

Tarkib masalasida to'xtaladigan bo'lsak, saralash o'yinlariga deyarli asosiy tarkibni olib keldik. Choriev jarohatdan keyin tiklanish jarayonida, chunki u uzoq vaqt davomida jiddiy jarohatlar olgandi. Keyinroq u yana jarohat oldi va bu safargisi ancha og'ir edi. Uning noyabr oyida safga qaytishiga umid qilamiz. U astoydil shug'ullanmoqda, lekin hozircha hatto klubiga ham yordam berishga tayyor emas. 

Ropievga kelsak, bizda yangi davr boshlanmoqda. Qirg'iziston bosh murabbiyi aytganidek, har kimning o'z mezonlari bor. Bizning ham o'z vazifalarimiz mavjud. Bizda yangi federaciya, yangi rahbariyat, terma jamoada deyarli 70 foiz yangi futbolchilar jamlangan. Biz kelajakka qarab ish tutamiz va shu mezonlardan kelib chiqib, tarkib yoshartirilmoqda. Bu tabiiy jarayon. Ropiev haqiqatan ham malakali futbolchi, lekin kelajakni o'ylab, istiqbolli yosh futbolchilarni jalb qilishimiz kerak. Bunday tajribali o'yinchilar o'z o'rnini yoshlarga bo'shatib berishi tabiiy hol", – dedi 42 yoshli mutaxassis.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston saralash bosqichida Qirg'iziston, Sharqiy Timor hamda Falastin terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Nodir Eliboev shogirdlari dastlabki uchrashuvni 20 sentyabr sanasida Falastin terma jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика