Konte: "Manchester Siti"ga qarshi 10 kishi bilan o'ynashning iloji yo'q"
19 sen 15:15
Yangiliklar


Konte: "Manchester Siti"ga qarshi 10 kishi bilan o'ynashning iloji yo'q"
"Napoli" bosh murabbiyi Antonio Konte jurnalistlarga Chempionlar Ligasi umumiy bosqichida "Manchester Siti"dan uchralgan mag'lubiyat haqida gapirdi (0:2).
Konte BBC'ga bergan intervyusida "Siti"ga qarshi o'ynash shundoq ham qiyinligi va ularga qarshi 10 kishi bilan o'ynashning iloji yo'qligini aytdi. Mutaxassis jamoasi himoyada yaxshi o'ynagani, ammo gol o'tkazib yuborilgan holatlarda yaxshiroq o'ynash mumkin bo'lganini takidladi.
"Biroq men futbolchilarimga etiroz bildirishni xohlamayman. Ular katta fidoyilik va qatiyat ko'rsatishdi, ammo bunday raqibga qarshi bu etarli bo'lib chiqmadi", – deya qo'shimcha qildi Konte.
Eslatib o'tamiz, "Napoli" jamoasi "Manchester Siti"ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Neapolliklar himoyachisi Jovanni Di Lorenco 21-daqiqada to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka oldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar