So’nggi yangiliklar

23:10Al Ain Cup. Ўзбекистон – Миср 2:0  7 23:01Миср 8 ой деганда илк марта ютқазди  20 22:53Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз  414 22:23"Барселона" "Челси" билан бир ҳимоячи учун курашади  0 22:09Остон Ўрунов миллий термадаги 9 ва 10-голларини урди  3 21:54"Манчестер Сити"га "Борнмут" футболчиси керак  2 21:40Луис де ла Фуэнте: "Ямал борасида ҳавотир олмасангиз ҳам бўлади"  0 21:20Вернер қаерга боради?  0 20:58Карло Анчелотти 40 ёшли Модричнинг "Милан"да ўйнаётгани ҳақида гапирди  0 20:18МЛСда тизим ўзгармоқда: "Бу янги эранинг бошланиши бўлади"  2 19:54"Байер" асосий футболчиси "Бавария" кузатуви остида  0 19:10Райс, Ямаль, Дейола... "Пушкаш" мукофоти учун номзодлар эълон қилинди  5 18:44Рафинья "Олтин тўп"ни қўлдан бой бергани ҳақида гапирди  6 18:18Япония Ганани, Корея эса Боливияни доғда қолдирди  2 17:55Хорватиялик футболчи касбини ўзгартиради: у Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан сартарошлик қилди  2

Samvel Babayan: "Al Hilol" ayni paytda qitamizning eng kuchli klublaridan biri" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Al Hilol" ayni paytda qitamizning eng kuchli klublaridan biri"

Osiyo CHempionlar ligasi, 5-turidan o'rin olgan “Navbahor” – “Al-Hilol” uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida Samvel Babayan va yarim himoyachi Azimjon Ahmedov qatnashishdi.

Samvel Babayan: - Assalomu alaykum! Ertaga guruhimizda jamoamiz va raqibimiz “Al Hilol” uchun juda muhim bo'lgan o'yin bo'lib o'tadi. Ertangi raqibimiz ayni paytda qitamizning eng kuchli klublaridan biri, juda yaxshi shakllangan, yaxshi ijrochilarga ega va hozirgi paytda “Al Hilol”ni Evropaning eng yaxshi mutaxassislaridan biri boshqarmoqda. Bunday raqibga qarshi esa yigitlar yuqori saviyada, fidokorlik bilan o'ynashlari kerak. Bundan tashqari, biz ertaga o'z maydonimizda o'ynaymiz hamda muxlislarning qo'llab-quvvatlashlari ham jamoamizga ruh va kuch bag'ishlaydi, degan umiddaman. SHuningdek, futbol mo'jizasiga ham umid qilamiz. Jamoamizning OCHLdagi asosiy maqsadi, “pley-off” bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritish. SHunday ekan, bo'lajak bahsda muxlislarimizga quvonch ulashish uchun barcha imkoniyatimizga ishga solamiz.




Azimjon Ahmedov: - Assalomu alaykum! Ertangi o'yin qiziqarli kechishiga shubham yo'q. Boisi, “Al-Hilol” kuchli jamoa. Xudo xohlasa, g'alaba qozonib, muxlislarni xursand qilamiz, degan umiddaman. Fursatdan foydalanib, “Navbahor”ning OCHLdagi shunday muvaffaqiyatli ishtirokiga munosib hissasini qo'shayotgan, jamoamiz uchun barcha sharoitlarni yaratib berayotgan Namangan viloyati hokimi SHavkatjon SHokirjanovich Abdurazzaqovga jamoamiz nomidan minnatdorchilik bildiraman.


Reyting: -20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика