So’nggi yangiliklar

09:23МЮнинг асосий дарвозабони узоқ муддатга сафдан чиқди  1 08:54“Шўртан“ сардори Ҳиндистон жамоасига кўчиб ўтди  1 08:25Аббосбек Файзуллаев: “Краснодар“ билан ўйин менинг ЦСКАдаги охирги ўйиним бўлганми ёки йўқлигини ўзим ҳам билмайман“  1 07:58Ўзбекистон МТЖнинг яна бир аъзоси фаолиятини Эронда давом эттириши мумкин  4 07:27Россия Суперкубогини қўлга киритган Файзуллаев учрашувдан сўнг нималар деди?  2 07:25“Андижон” польшалик ҳимоячи билан шартнома имзолади  2 07:00“Истиқлол“ бош мураббийи яна бир ўзбекистонлик футболчи билан шартнома тузишни истамоқда  5 02:34"Спортинг" раҳбари Гёкерешнинг йиғинга келмагани ҳақида: "Даҳолар босим ўтказиш орқали трансферни осонлаштирамиз деб ўйлашади, аммо бу уни қийинлаштиради. Ҳаммаси катта жарима ва кечирим сўраш билан ҳал бўлади"  1 00:55Футзал. "Қизилқум" ўтиш ўйинида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, Олий лигага йўлланма олди  1 00:22"Челси"га Доннарумма ёқади. Футболчи КЖЧдан сўнг битим борасида қарор қабул қилади  2 23:58Шквирин "Андижон"да  3 23:31Суперлигада 2025 йилги мавсумнинг илк қисмидаги энг яхши 10 ўйинчи  6 22:36"Барселона"га "Челси" форварди керак  7 22:11ЦСКА ва Аббос Файзуллаев — Россия Суперкубоги соҳиби  10 21:40Элдор Шомуродов нега айнан "Истанбул Башакшеҳир"ни танлади?  14

Samandar Rizomov: "O'z vaziyatlarimizdan foydalana olmadik. Muxlislar yaratib bergan chiroyli atmosfera uchun rahmat" Yangiliklar

Samandar Rizomov: "O'z vaziyatlarimizdan foydalana olmadik. Muxlislar yaratib bergan chiroyli atmosfera uchun rahmat"

Tojikiston futzal terma jamoasi azosi Samandar Rizonov 1-turdan o'rin olgan Tojikiston - Marokash (2:4) uchrashuvidan so'ng o'yin haqidagi fikrlari bilan bo'lishdi.

- Tojikiston terma jamoasini Jahon chempionatidagi tarixiy debyuti bilan tabriklayman. Marokashga qarshi kechgan dastlabki uchrashuv haqida fikr bildirib o'tsangiz?

- Bu biz uchun birinchi o'yin edi. Katta musobaqadagi dastlabki o'yinimizni o'tkazdik. Bugun kuchli jamoaga qarshi o'ynadik. Keyingi uchrashuvlarda yanada yaxshiroq natija qayd etishga intilamiz.

- Marokash dunyodagi eng kuchli terma jamoalardan biri hisoblanadi, lekin shunga qaramay Tojikiston bugun juda yaxshi taassurot qoldirdi. Tojikiston terma jamoasiga ijobiy natija qayd etishi uchun nima etishmadi deb o'ylaysiz?

- Biz yaratgan vaziyatlardan foydalana ololmadik. Faqatgina realizaciya tufayli bugun mag'lub bo'ldik.

- Keyingi raqiblar Portugaliya va Panama terma jamoalari haqida fikr bildirib o'tsangiz...

- Keyingi uchrashuvlardagi maqsadimiz parketga chiqib, faqatgina kurashish va borimizni berish.

- Bugungi uchrashuvni bevosita arenadan tomosha qilish uchun juda ko'p tojikistonlik muxlislar tashrif buyurishdi. SHuningdek, o'zbekistonlik muxlislar ham Tojikiston terma jamoasini qo'llab-quvvatlashdi. Muxlislar yaratgan atmosfera haqida gapirib o'tsangiz?

- Bizga muxlislik qilgan barcha ishqibozlarga rahmat aytaman. Keyingi uchrashuvlarda ham shunday atmosfera bo'ladi, deb umid qilaman.



Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi

Futzal bo'yicha JCH. Tojikiston terma jamoasi dastlabki turda Marokashga mag'lub bo'ldi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика