So’nggi yangiliklar

10:51Анчелоттига Бразилия термасида кимлар ёрдам бериши маълум  0 10:20Педри “Барселона“ рекордини ўрнатди  5 09:53“Реал Мадрид“ ярим ҳимояни кучайтириш учун учта футболчи номзодини кўриб чиқмоқда  1 09:22Forbes. Дунёнинг энг сердаромад спортчилар рейтинги тузилди  1 08:54Жозе Моуринью фаолиятини терма жамоада давом эттиришга яқин  3 08:23Ямал Роналду билан тенглашиб олди  10 07:55Флик мавсум ҳақида: “Мавсумдаги энг ёқимли лаҳзалар? “Реал“га қарши тўртта классико“  13 07:28Суперлига. Бугун 10-турга старт берилади  0 02:28"Барселона" - Испаниянинг 28 карра чемпиони!  57 01:42Бруну Фернандеш: "Умид қиламанки, келаси йили энг яхшиси мен бўлмайман"  0 00:55Карим Бензема ва "Ал Иттиҳод" - Саудия Арабистони чемпиони!  4 00:35Альба шартномани узайтарди  0 23:57ЛаЛига. "Атлетико" сафарда мағлуб бўлди  1 23:20Россия термаси Осиёда Аргентинага қарши ўйнаши мумкин  9 22:59АПЛда мавсумнинг энг яхши ёш футболчиси бўлиш учун номзодлар маълум!  6

Said Buzambu: "24 yil deganda mundialda qatnashish baxtiga musharraf bo'ldik" Yangiliklar

Said Buzambu: "24 yil deganda mundialda qatnashish baxtiga musharraf bo'ldik"

Futzal bo'yicha jahon chempionati 1/8 finalida Ukrainaga qarshi o'yindan so'ng (1:3) Niderlandiya azosi Said Buzambu saytimizga intervyu berdi.

"Bugun qiyin o'yin o'tkazdik, sababi futzal olamida o'z o'rniga ega Ukrainaga qarshi maydonga tushgandik. Ular Evropaning eng kuchli jamoalaridan biri sanaladi, qolaversa, raqib jamoada tajribali, individual xislatlarga ega futzalchilar bisyor. Bizda esa professionallik ularning darajasidek emas. O'yin davomida birga-bir vaziyatlardan foydalana olmadik. Raqib jamoaning tajribasi o'z so'zini aytdi. Ukraina g'alabaga loyiq edi. 

Har qanday futzalchi uchun jahon chempionatida ishtirok etish katta orzu sanaladi. Ayniqsa, biz uchun. Sababi 24 yil deganda mundialda qatnashish baxtiga musharraf bo'ldik. Boshqa orzularimiz ham bor edi, jumladan, dunyoning eng kuchli sakkiz jamoasi orasida bo'lishni xohlagandik. Afsuski, bu amalga oshmadi. Hozir juda tushkun kayfiyatdamiz. Ammo ertadan xatolarimizni ko'rib chiqib, keyingi turnirlarga tayyorgarlikni boshlaymiz. Umuman olganda, jahon chempionati yaxshi tashkillashtirilibdi. Mundial o'z mahoratiningizni ko'rsatish imkonini beradigan eng yirik musobaqa hisoblanadi", dedi Niderlandiyaning yagona goli muallifi.

Eslatib o'tamiz, Niderlandiya "A" guruhida ishtirokini boshlab, 2-o'rin bilan 1/8 final yo'llanmasini qo'lga kiritgandi.


Oqil Abdubarnoev suhbatlashdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика