So’nggi yangiliklar

18:00"Қўқон-1912" — "Қизилқум" 1:0 (матнли трансляция)  6 17:57Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи". Таркиблар маълум  7 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:43"Арсенал" — "Ноттингем Форест". Таркиблар маълум  11 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  15 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  6

Rustam Abdullaev: "Golban hujumda o'ynasam gol uraman degandi" Yangiliklar

Rustam Abdullaev: "Golban hujumda o'ynasam gol uraman degandi"

SHo'rtan – Qo'qon-1912 jamoalari o'rtasidagi o'yindan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida “Qo'qon-1912” jamoasi bosh murabbiyi Rustam Abdullaev ishtirok etdi.

Bugun g'alabaga teng durangga erishdik. SHogirdlarimiz bugun yaxshi o'ynashdi, buning uchun ularga minnadorchilik izhor etmoqchiman. Bugungi uchrashuv jangovor ruhda o'tdi. Natija ham o'yinga yarasha bo'ldi. “SHo'rtan” ham g'alaba qozonish uchun borini berdi. Biznikilar ham ulardan qolishmadi. Qayd etilgan hisob adolatli bo'ldi, deb o'ylayman.

- G'uzorga besh nafar etakchi futblchilarsiz kelgan bo'lsalaringda ijlobiy natija qayd eta oldingiz. Buning sababi nimada?
- Safarga klish oldidan etakchilarimiz jarohat olib qolishdi. Natijada G'uzorga ularsiz kelishga majbur bo'ldik. Bu esa zaxira o'rindig'ida o'tirgan ayrim o'yinchilar uchun ayni muddao bo'ldi. O'zim ham futbolchi bo'lganim bois, zaxirada qolgan o'yinchilarning holatini yaxshi tushunaman. Ularga bugun o'zlarini ko'rsatish uchun imkoniyat yaratib berdik. Ayrim futbolchilar o'zlarini ko'rsata olishdi.

- Bugun rossiyalik himoyachi Igor Golban oldingi chizig'da to'p surdi. Bu oldindan rejalashtirilgan taktikamidi?
- Yo'q. SHunchaki, o'yindan oldin tarkibimizda bir nafar hujumchi qolgandi. Igor oldimga kelib, bugun hujumda o'ynashi uchun imkon berishimni aytdi. Bugun meni hujumga qo'ying, albatta gol uraman, degandi rossiyalik futbolchi. Uning o'ziga bo'lgan ishonchini ko'rib, rayini qaytara olmadim. Natija yomon bo'lmadi. Igor raqib darvozasini ishg'ol etdi. Qo'lga kiritilgan ochkoda uning hissasi katta bo'ldi.

- “SHo'rtan” oldingi turlarda o'z maydonida etakchi jamoalarni muhim ochkolardan mahrum etgandi. Bugun esa g'alaba qozona olmadi. Buning sababi nima deb o'ylaysiz?
- “SHo'rtan” ancha shakllangan jamoa. Ular o'z maydondarida hatto “Paxtakor” bilan ham durang o'ynashdi. Bugun ham g'alaba qozonish uchun ularda bir necha vaziyatlar yuzaga kelgandi. Ammo imkoniyatlardan oqilona foydalana olmaslik natijasida durang qayd etildi. Keyingi o'yinlarda g'uzorliklarga omad tilab qolaman.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика