So’nggi yangiliklar

20:27Расман: Сардор Мирзаев - "Локомотив" футболчиси!  1 20:10Зотеев, Токотаев ва бошқалар... "Андижон" 12 футболчиси билан хайрлашди  2 19:49Расмий хабар: Умид Эргашев — ОКМК футболчиси!  1 19:34Расман: Темурхўжа Абдухолиқов яна "Локомотив"да ўйнайди  2 19:07Расман: Россия футболи тарихидаги энг тезкор гол муаллифи, "Насаф" ярим ҳимоячиси ва "Сурхон" ҳимоячиси "Локомотив" сафига қўшилди  0 18:39"Манчестер Юнайтед" футболчиси совриндор клубнинг устувор мақсадига айланди  2 18:12Артета "Арсенал"нинг трансфер бозоридаги мақсадлари рўйхатини тузди  4 17:56Расман: "Бухоро" ярим ҳимоячиси энди "Локомотив" шарафини ҳимоя қилади  4 17:43"Бу видолашув эмас, балки янги босқичнинг бошланиши". Шерзод Насруллаев "Насаф" билан хайрлашди  7 17:28Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди  18 17:10Манба: Мареска ишдан бўшатилди  3 16:46Австралиялик бўйдор футболчи Тошкент клубига ўтмоқда  3 16:21Расман: "Пахтакор"да деярли ўйнамаган футболчи "Локо"га қайтди  1 15:50"Локомотив" Қирғиз Республикасининг 2025 йилдаги энг яхши футболчиси билан шартнома тузмоқда  6 15:28Ўзбекистон U-21 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубогида иштирок этувчи таркиби эълон қилинди  9

Ruslan Ahmedov: "Asosiysi natija. Hujumkor o'ynab yutqazishdan qanday naf bor?" Yangiliklar

Ruslan Ahmedov: "Asosiysi natija. Hujumkor o'ynab yutqazishdan qanday naf bor?"

Pro liganing 2-turidan o'rin olgan "Xorazm" - "SHo'rtan" (2:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ruslan Ahmedov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Xorazm

Temur Ismoilov - 72'

Pro liga. 2-tur

20/03/2024, 15:45

1
:
2
Tugadi

Sho'rtan

Ulug'bek Xudoyberdiev - 13', SHahboz Nuriddinov - 46'

45'
90'
72'  Temur Ismoilov
72'  SHerzod G'ulomzhonov
13'  Ulug'bek Xudoyberdiev
24'  Muhriddin Zoirov
46'  SHahboz Nuriddinov
46'  Mirzhalol ZHumaev
69'  Nodirbek Mukarov

O'yin haqida

- Jamoamiz azolari va muxlislarini g'alaba bilan tabriklayman. "SHo'rtan"ga qarshi o'yin oson o'tmasligini bilardik. Pro ligada bu yildan 8 ta jamoa ishtirok etayapti, 4 davrali o'yinlar bo'ladi. SHu sababdan chempionatda oson o'yinning o'zi yo'q. Bu haqida o'ylashning o'zi noto'g'ri. O'tgan turda "Olimpik Mobiuz" bilan to'qnash keldik, bu uchrashuv ham oson o'tmadi. "SHo'rtan" Superligaga davogar klublardan hisoblanadi. SHu boisdan ham bugungi o'yin ham qiyin o'tdi.

- "Xorazm"ning tarkibi deyarli har mavsumda yangilanib ketadi. Bunga sabab nima?

- O'tgan yillarda jamoada moliyaviy qiyinchilik bor edi. Ko'rpaga qarab oyoq uzatganmiz, futbolchilar ham moliyaviy taminot bo'lmasa, bu jamoadan ketib qolishi mumkin. O'tgan mavsumning ikkinchi qismida bizga homiy biriktirildi. Hozir moliyaviy xolatimiz yaxshi, shundan kelib chiqib saviyaliroq futbolchilarni tarkibga jalb etdik. Har bir o'yinda g'alaba uchun harakat qilib, oldimizdagi vazifani bajarishga harakat qilamiz.

- Bugun "SHo'rtan"ga qarshi hujumkor futbol namoyish etilmaganiga sabab nima?

- Asosiysi natija. Hujumkor o'ynab yutqazgandan qanday naf bor? CHiroyli o'ynab yutqazganimiz bizga foyda bermasdi. Bugungi o'yinga tayyorlagan rejamiz o'zini oqladi, ish berdi deb o'ylayman.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика