Rummenigge - Koutinoni sotib olish borasida: "Buni hal qilish uchun bizga vaqt kerak"
13 dek 2019 19:42
Yangiliklar
Rummenigge - Koutinoni sotib olish borasida: "Buni hal qilish uchun bizga vaqt kerak"
"Bavariya" bosh direktori Karl-Xaync Rummenigge ayni damda jamoa tarkibida ijarada o'ynayotgan Filippe Koutinoni sotib olish borasidagi savolga javob berdi.
"SHartnomada biz Koutinoni ushbu mavsum yakunlanganidan keyin sotib olishimiz borasida band bor. Bu qarorni qabul qilish uchun bizga vaqt kerak. Koutino - ajoyib futbolchi, biroq u hali nemis futboliga moslashib olishi kerak. Biz yangi futbolchilarga doimo yaxshi munosabatda bo'lamiz", - dedi Karl-Xaync Rummenigge.
Koutino ushbu mavsumda "Bavariya" tarkibida 12 o'yinda qatnashib, 3 gol urdi va 3 golga assistentlik qildi. "Bavariya" ushbu mavsum yakunlanganidan keyin braziliyalikni 120 million evroga sotib olishi mumkin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar