So’nggi yangiliklar

09:48Англия термасининг собиқ футболчиси ЖЧ учун Саудия Арабистонидан кетишни истамоқда  0 09:22"Манчестер Сити" етакчиларидан бирига янги шартнома таклиф қилади  0 08:56"Барселона" президенти Мессининг қайтиши ҳақида фикр билдирди  10 08:31Чемпионшип вакили 3 миллиард евролик стадион қуради  3 07:59Суперлига. Бугун бизни учта учрашув кутиб турибди  6 07:45Суперлига. "Пахтакор" – "Насаф" 1:0  0 07:29"Нефтчи" - "Қизилқум" учрашувига қўшимча чипталар сотувга чиқарилади  15 00:57"Арсенал"га МЮ тарбияланувчиси керак  0 00:24Мане 2015 йилда нега МЮга ўтмаганини айтди  0 23:54Суперлига. "Пахтакор" ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 23:37"Пахтакор" 7 ўйин деганда Суперлигада "Насаф"ни мағлуб этди  5 23:13Дуайт Йорк "Юнайтед"да Шешконинг ўрнига кимни ўйнатиш кераклигини айтди  2 22:50Каррагер "Ливерпуль" ҳақида: "Мавсумни тўлақонли пароканда қилиш учун марказий ҳимоячи жароҳат олса бўлгани"  0 22:16Жорди Альба: "Ямал ва Мессини солиштириш нотўғри"  0 21:54Камолиддин Тожиев: "Мухлисларга ёқадиган ўйин бўлди"  2

Rubin Xebay Nasaf o'tmoqdami? Hujumchining o'zi vaziyatga oydinlik kiritdi Yangiliklar

Rubin Xebay Nasaf o'tmoqdami? Hujumchining o'zi vaziyatga oydinlik kiritdi

Teglar :  NasafRubin Xebay
Ikki mavsum muqaddam "Andijon” safida yorqin o'yin namoyish etgan Rubin Xebay O'zbekistonga qaytmoqda, degan xabarlar tarqaldi.

So'nggi kunlarda turli xil OAV vositalari "Andijon" sobiq futbolchisi, hozirgi kunda Tunisning "Sfaksen" klubi safida to'p tepayotgan Rubin Xebay "Nasaf" bilan kelishuvga erishgani haqida yoza boshladi. Biz esa futbolchining o'zi bilan bog'landik va barcha savollarga javob oldik.


- Salom Rubin, hozirgi kunda Tunis chempionatida to'p tepmoqdasiz. "Sfaksen” klubidagi faoliyatingiz qanday kechmoqda?

- Men Tunis klubidagi faoliyatimni yakunladim va shartnomani bekor qildim.  Sababi klub menga hech qancha maosh to'lamadi.

- Ayni damda O'zbekistonda transferlar oynasi ochiq va klublar o'z safiga yangi futbolchilarni qo'shib olmoqda. O'zbek klublari sizga jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida ko'pgina xabarlar tarqaldi. O'zbekiston klublari bilan muzokara olib bordingizmi? SHuningdek, Rubin Xebay amaldagi chempion “Nasaf” bilan shartnoma imzoladi degan gap-so'zlar qanchalik rost?

- Ha, O'zbekistondagi bir nechta klublar aloqaga chiqishdi. Sanoqli kunlardan so'ng mening yangi klubim haqida bilib olasizlar.

- "Nasaf” bilan kelishuvga erishdingizmi?

- Bir necha kundan so'ng barchasi rasman elon qilinadi.


→ Eshitdik-da! Superliga klublaridan biri Rubin Hebayni O'zbekistonga qaytarmoqchi


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика