So’nggi yangiliklar

23:37"Пахтакор" 7 ўйин деганда Суперлигада "Насаф"ни мағлуб этди  0 23:13Дуайт Йорк "Юнайтед"да Шешконинг ўрнига кимни ўйнатиш кераклигини айтди  0 22:50Каррагер "Ливерпуль" ҳақида: "Мавсумни тўлақонли пароканда қилиш учун марказий ҳимоячи жароҳат олса бўлгани"  0 22:16Жорди Альба: "Ямал ва Мессини солиштириш нотўғри"  0 21:54Камолиддин Тожиев: "Мухлисларга ёқадиган ўйин бўлди"  2 21:39Рўзиқул Бердиев "Пахтакор" майдонидаги мағлубиятдан кейин нималар деди?  31 21:21Аденис Шала: "Пахтакор"дан яхшироқ ўйнадик"  4 20:59Игорь Сергеев: "Мавсумни муносиб якунлаш керак"  2 20:39"Сурхон"нинг футболчилари олдида қарзлари бор  14 20:19Суперлига. "Пахтакор" "Насаф"ни мағлуб этиб, турнир жадвалида ортда қолдирди  167 20:05Суперлига. "Сурхон" – ОКМК 0:0  0 19:47Бьелса Уругвай терма жамоасини тарк этиши мумкин  1 19:18Миржалол Қосимов жамоасининг ушбу мавсумдаги ўйинларига неча баҳо қўйди?  4 19:05Февзи Давлетов: "Бу каби баҳсларда кўп ҳам вазиятлар яратилмайди"  0 18:52Kelme бренди Аёллар Осиё Кубоги-2026 мусобақаси учун расмий тўпни тақдим этди  0

Ruben Amorim: "Keyingi yil ham shu bosqichda xuddi shu muammolar bilan qolamiz yoki hozir boshlab, biroz tavakkal qilamiz" Yangiliklar

Ruben Amorim: "Keyingi yil ham shu bosqichda xuddi shu muammolar bilan qolamiz yoki hozir boshlab, biroz tavakkal qilamiz"

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim o'z principlariga sodiq qolishi, garchi u taktikasi meva bermagunicha bu ko'proq azob-uqubatlarga olib kelishini takidladi.

"Bilaman, bu muxlislarni xafa qiladi, lekin bizda ko'p o'yinlar bo'lgan bir paytda ko'p narsani o'zgartirmoqdamiz. Biz uzoq vaqt azob chekamiz va o'yinlarda g'alaba qozonishga harakat qilamiz, ammo bu vaqt talab etadi.

Biz "Ipsvich"ga qarshi o'yinda g'alaba qozonishimiz kerak edi, lekin Onana bo'lmaganida mag'lub bo'lardik. SHuning uchun buni to'g'ri tushunishimiz va pragmatik bo'lishimiz kerak deb o'ylayman. Yigitlar o'zgarishlarga ko'nikish uchun ikki kun mashg'ulot o'tkazishdi.

O'yinchilar uch kun ichida yangi g'oyalarni o'zlashtirishi qiyin. O'ylaymanki, shuning uchun ular meni mavsum o'rtasida olib kelishdi va biz ular (Erik ten Hag qo'l ostida – tahr.) qilgan ishlarini o'zgartirishga harakat qilyapmiz.

Yoki keyingi yil ham shu bosqichda xuddi shu muammolar bilan qolamiz, yoki hozir boshlab, biroz tavakkal qilamiz, ozgina azob chekamiz va keyingi yil bu bosqichda yaxshiroq holatda bo'lamiz, shuning uchun tavakkalga qo'l urishimiz lozim", – dedi Amorim.

Eslatib o'tamiz, "Manchester Yunayted" Amorimning debyut uchrashuvida "Ipsvich" bilan bahs olib borib, durang o'ynadi. 

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика