So’nggi yangiliklar

03:03Ла Лига. "Атлетико" тўхтамаяпти, Мадрид жамоаси бу сафар даҳшатли камбэк қайд этди!  2 02:42А Серия. "Наполи" ўз уйида "Лацио"га мағлуб бўлиб, биринчи ўринга қайтиш имкониятини қўлдан чиқарди  2 00:57МЮ ва Португалия терма жамоаси собиқ хавбеки Нани 38 ёшида фаолиятини якунлади  1 00:24Мбаппе — Дешамнинг уни терма жамоага чақирмаслика қарори ҳақида: "Агар у хоҳласа, айтади. Аммо, мен ҳеч нарса дея олмайман"  0 23:26АПЛ. "Челси" "Тоттенхэм" уйида 0:2 ҳисобида мағлуб бўла туриб, якунда ғалаба қозонди  32 23:15Нуньес "Ливерпуль"дан кетиши мумкин  1 22:20Винисиус жароҳатдан қайтди  4 21:46Абдуқодир Ҳусанов "Ланс" — "Монпелье" ўйинининг энг яхши футболчиси деб топилди!  26 20:56АПЛ. "Арсенал" катта устунликка қарамай, меҳмонда "Фулхэм"ни мағлуб этолмади  10 20:55Лига 1. "Ланс" ўз майдонида "Монпелье"дан устун келди, Ҳусанов тўлиқ ўйнади  11 20:26РПЛ. ЦСКА меҳмонда "Факел"ни мағлуб этди, Файзуллаев 87 дақиқа ўйнади  9 20:12"Ливерпуль" Салаҳга ўринбосар топди  4 19:35Хави: "Испания терма жамоасида Месси йўқ эди, аммо биз ЖЧни ва икки бор Еврони ютдик"  46 18:54Эндрик қишда "Реал"да қоладими?  1 17:03Фонсека "Милан"дан кетиши мумкин?  5

Ro'ziqul Berdiev tarixiy chempionlikdan so'ng nimalar dedi? (to'liq matbuot anjumani) Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev tarixiy chempionlikdan so'ng nimalar dedi? (to'liq matbuot anjumani)

Superliganing 23-turida "Lokomotiv"ga qarshi o'yindan keyin chempionlikni qo'lga kiritgan "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida qatnashdi.




"O'yin haqida gapiraymi yoki chempionlik haqidami?(kuladi). Bugungi tarixiy g'alaba bilan muxlislarimizni tabriklayman. Bugungi o'yin "Lokomotiv" jamoasi uchun ham juda muhim edi. Bizdan ko'ra ularga ko'proq ochkolar kerak edi. Dastlabki bo'limning boshida ko'p vaziyatlar yarata oldik. "Lokomotiv" futbolchisi maydondan chetlatilganidan so'ng esa, bizda ko'proq imkoniyatlar paydo bo'la boshladi. Ko'p shoshdik deb ayta olaman. Akmal Mozgovoy bazida hujumga qo'shilib turar edi. Bugun ham shunday ishlarni amalga oshirdi va yakunda uchrashuvdagi yagona golni kiritdi", - dedi Ro'ziqul Sadullaevich bugungi uchrashuv haqida.

- Rahbariyat chempionlik uchun qandaydir sovrin pullari vada berganmidi?

- Bizga aniq bir narsa vada berilmagandi, lekin rahbariyatimiz yaxshi etibor bo'lishini aytib o'tgandi. Bizda barcha futbolchilarning jamoa o'yini uchun qo'shgan hissasi munosib rag'batlantiriladi. Mukofot puli bo'yicha hali gap bo'lmadi, ammo biz hatto tasavvur qilmagan narsalar bo'lishi mumkin. Umid qilamanki, yigitlarning mehnati munosib taqdirlanadi.

- Avvallari ham "Nasaf" chempionlikka juda yaqin kelgandi, lekin yakunda oltin medallar boshqa jamoaga nasib etgandi. Joriy mavsumda chempionlikni qo'lga kiritish uchun qanday o'zgarishlarga qo'l urdingizki, "ajdarlar" uchun orzu bo'lib kelgan chempionatdagi chempionlik jamoaga nasib etdi?

- Oldimizga aniq maqsad qo'yilgandi. Rahbariyat va homiylarimiz ham joriy mavsumga jiddiy yondashishdi. Biz jamoaga yanada ko'proq etibor qilsak, balki bu safar chempion bo'larmiz degan niyatda o'z oldimizga maqsadlar qo'ygandik. Bizga barcha sharoitlar taqdim etildi, bizga kerakli futbolchilar jamoamizga olib kelindi. SHuningdek, jamoamiz o'yinini o'zgartirdik. Biz natija eng muhimi ekanligini tushundik. SHu sababli bazi bir uchrashuvlarda natijani birinchi o'ringa qo'ydik. Futbolchilarning ishtiyoqi ham katta rol o'ynadi. Azaliy raqiblarimizning ochko yo'qotishlari ham bizga maqul keldi. CHempionlikka tasir o'tkazgan jihatlar juda ko'p, ammo eng asosiysi bu jiddiy yondashuv bo'ldi.

- Har bir chempionlikning ortida qaysidir poziciyaning juda yaxshi o'yini asosiy sabablardan biri bo'ladi. Masalan, hujum chizig'i yaxshiroq o'ynaydi, himoyachilar yoki darvozabon. Joriy mavsum "Nasaf"da qaysi poziciyaning futbolchilari juda yaxshi va barqaror o'yin namoyish etdi deb o'ylaysiz? Misol uchun, hujum chizig'iga etibor qaratsak. Jamoangiz joriy mavsumda 31ta gol urdi va bu o'rtacha natija hisoblanadi. Qaysi chiziq vakillari sizning jamoangizda asosiy rolni o'ynadi?

- Bu qiyinroq savol. Biz bir jamoa sifatida ushbu natijaga erishdik va aynan qaysidir futbolchini ko'rsatib o'tishimiz noto'g'ri. Barcha g'alabaga o'z hissasini qo'shdi. Agar joriy mavsumdagi eng yaxshi futbolchini aniqlamoqchi bo'lsangizlar, ushbu nomzodni "Nasaf" jamoasidan izlayveringlar. Darvozabonimiz Abduvohid Nematov juda barqaror edi. Akmal Mozgovoy va SHerzod Nasrullaevlarni ham takidlab o'tishim kerak. Ushbu futbolchilar O'zbekistonning eng yaxshi futbolchisi bo'lishga ham nomzod degan bo'lardim. Biz hujumda ancha qiynaldik. Hujumchilarimizning samaradorligi ancha pasayib ketdi. "Dinamo"ga qarshi va "Al-Huseyn"ga qarshi o'yinlarda hujumchilarimiz deyarli ko'rinmadi deya olaman.

- Sizga Eron chempionatidan qiziqish bor ekanligi haqida xabarlar tarqaldi. Bundan xabardormisiz? Tarixiy natija qayd etildi. Endi nimalar bilan band bo'lasiz? Kelajakdagi rejalaringiz haqida gapirib bersangiz?

- Bu haqda eshitmadim. Men matbuotni deyarli o'qimayman va bunday gaplarga ishonmayman. SHaxsan menga hech kim taklif bilan chiqqani yo'q. Mavsum yakunida "Nasaf" bilan bo'lgan amaldagi shartnomam yakunlanadi. Keyin esa, nima bo'lishini o'ylab ko'ramiz. Men O'zbekistonning eng etakchi va bayroqdor jamoasida ishlamoqdaman. "Nasaf"da ishlash meni qoniqtiradi. "Nasaf" menga yana taklif bersa, men ushbu jamoada ishlayveraman. Men jamoaga kerakman va jamoa ham menga kerak.

- Futbol jamoatchiligida "Nasaf"ning chempionligiga asosiy sabab raqobatdoshlarning kuchsizlanishi deya aytilmoqda. "Paxtakor"ning kuchsizlanib qolgani, "Neftchi" stabil jamoa tuza olmagani, "Navbahor" ko'p ochkolar yo'qotganlari sabab deb aytilmoqda. Ushbu fikrlarga izoh berib o'tsangiz?

- Mavsum avvalida ko'p jamoalar bir xil imkoniyat va sharoitga ega edi. Har mavsum "Paxtakor" haqida shunday gaplar bo'lardi. Boshqa jamoalar "Paxtakor"ga jiddiy raqobat taklif qila olmagani tufayli, "sherlar" yana chempion bo'ldi deyilardi. Bir narsani aniq ayta olamanki, biz boshqalarga qaraganda stabilroq edik. Bu juda muhim jihat edi. So'nggi ikki-uch mavsumda chempionatimizdagi raqobat jiddiylashdi. Kutilmagan natijalar ko'paydi va jamoalarning darajasi tenglashib qolgandek. Biz boshqa jamoalarga nisbatan barqarorroq o'yin namoyish etdik.

- Bu mavsum o'zgacha o'tmoqda. O'zbek futbolida katta tajribaga ega insonsiz. So'nggi yillarda futbolimizda nimalar o'zgardi deb o'ylaysiz?

- Viloyat jamoalariga ham etibor kuchaydi deya olaman. Viloyat rahbarlari jamoalarga etibor qaratishmoqda. Avvallari viloyatlardan bir yoki ikkita yaxshi jamoa bo'lar edi. Hozirgi kunda, yaxshi sharoitlar tufayli raqobat kuchaymoqda. Hozir hammada imkoniyat teng va shu sababli raqobat kuchaydi. SHu bois bizning va "Andijon"ning natijalari yaxshilandi. Bu raqobatni kuchaytiradi.

- Ro'ziqul aka, sizni barcha yaxshi mutaxassis, ammo chempionlikni qo'lga kirita olmagan murabbiy sifatida qabul qilishar edi. Mana bugun, faoliyatingizdagi eng ojiz nuqtangizni yopa oldingiz. Uzoq yillik "geshtalt"ingiz hal etildi. Endi o'zingizdan qoniqdingizmi? Qo'pol qilib aytganda, endi yaxshiroq xotirjam uxlaysizmi?

- Men futbol bilan yashayman. Ko'pchilik buni bilmasligi mumkin, men ertalab soat 8da ishga kelaman va kechasi 11da uyga qaytaman. O'zimizning futbol bo'lmasa, xorij futbolini tomosha qilaman. Men bosimni har doim his qilganman. Bosimga ko'nikib ketganman. CHempionlik mening futbolga bo'lgan kasalligimni to'xtata olmaydi. Jamoamga hech qanday vazifa va maqsad qo'yilmagan holatda ham, jamoam yutqazsa men qiynalaman. Men buni qabul qila olmayman. Men shunday insonman. SHu sababli, men har bir musobaqada maksimal natijani qo'lga kiritishga intilaman. Endi to'xtab qolish yo'q, natijalarni yanada yaxshilash kerak va jamoani stabilroq qilishimiz kerak. Terma jamoamizga yanada ko'proq o'yinchilarni etkazib berishimiz kerak. So'nggi mavsumlarda biz yoshlarga kamroq etibor berdik. Buni to'g'irlashimiz kerak. Masalan, yangi Olimpiya terma jamoamizda "Nasaf" futbolchilari deyarli yo'q. Olimpiadaga borgan tarkibda esa "Nasaf" futbolchilari ko'p edi. Nematov, Abdirahmatov, Davronov, Norchaevlarga biz o'z vaqtida imkoniyat berganmiz. Ular yosh bo'lishiga qaramay, o'ynatganmiz. Endi esa keyingi avlodlarga etibor qaratishim kerak. Bunday masalalarni, men o'zimning vazifam sifatida qabul qilaman. Ko'ryapsizmi, hali oldinda rejalarim ko'p. Men futbol bilan yashashda davom etaman. Mag'lub bo'lishni yoqtirmayman.

- Milliy terma jamoamizning bosh murabbiyi bilan bo'lgan vaziyatni barcha tushunib turibdi. Agar sizga terma jamoamizni boshqarish taklifi berilsa, nima deb javob bergan bo'lardingiz?

- Keling, terma jamoani muhokama qilmaylik. Milliy terma jamoamiz mundial yo'llanmasini qo'lga kiritishiga ishonaman va bu aniq ro'y beradi.

- Keyingi uchrashuvda "Nasaf" o'z uyida chempionlikni nishonlaydi. O'sha o'yin oldidan muxlislarga qandaydir murojaatingiz bo'lsa, marhamat...

- Umid qilamanki, muxlislarimiz stadionni to'ldirishadi. Bayramni barcha muxlislar bilan birga nishonlashni istaymiz. Yaqinlashib qolgan "Al-Huseyn"ga qarshi uchrashuvga ham jiddiy tayyorgarlik ko'rishimiz kerak. OCHLdagi ishtirok ham biz uchun juda muhim.

Reyting: +24   

Fikrlar

+10   
01 noy 21:12:21
А. Ҳ. Р.
1997 йилнинг 18 март санаси. Шу куни 13 ёшли Азиз синфдошлари билан бирга Қарши шаҳридаги “Меҳнат” стадионига футбол томоша қилгани борди. Бу Насаф ва Нефтчи жамоалари ўртасидаги ўйин бўлиб, унда қаршиликлар Олий лигадаги дебют учрашувини ўтказаётган эдилар. Учрашув бошланиши билан шаррос жала қуйиб, стадиондаги мухлислару, майдондаги футболчилар шалаббо бўлишди, аммо ўйин тўхтатилмади. Гарчи ўша матчда фарғоналиклар учта тўп фарқи билан ғалабага эришган бўлсаларда, шу воқеа ёш Азизнинг хотирасидан мустаҳкам ўрин олди. Шундан сўнг йиллар бўйи минглаб мухлислар қатори Азиз ҳам Насафга мухлислик қилиб келди. Орада ўша ёмғирли ўйин хотиралари қолган “Меҳнат” стадиони ҳам бузилиб кетди, лекин Азизнинг қалбида жонажон жамоасининг барча мухлислари қатори Насафнинг чемпион бўлишини кўриш орзуси асло сўнмади.
Мана бугун ҳам 40 ёшни қоралаб қолган Азиз ўша орзусига эришди. Ниҳоят “Насаф” чемпион бўлди! Ҳа, айтганча, Азизнинг қалбида яна бир армони бор, у ҳам бўлса Ўзбекистоннинг жаҳон чемпионатида иштирок этишидир ва бу армон ҳам тез орада ушалажакдир!
Яшасин Футбол, Яшасин “Насаф”, Яшасин Ўзбекистон!
https://championat.asia/hikmatlidun
+5   
01 noy 22:18:42
sardor
Пахтакор мухлисиман, Насаф жамоасини ва бутун Карши ахлини муносиб чемпионлик билан табриклиман, Узбекистан- БАА уйинида Каршилик мухлислар билан курганман стадионда, бундай мухлисла учун Насаф чемпион булиши керак, яна бир бор галаба муборак булсин, биз бир Узбекистонмиз!
+5   
01 noy 21:17:22
Кодир
Рузикул ака ашаддий ракиб жамоа мураббийи булсангизам чин кунгилдан табриклайман сизи жамонгизди кашкадарелик ишкибозлару юртдошларимизди очл ва элит лигадаям ишонаман насаф хали узини сузини айтади чиройли галабалар бн.хурсанд этади кашкадарелик юртдошларга галаба муборак булсин канча гапирселар мактанселар ана энди бемалол хаклисилар
+4   
01 noy 21:17:45
SHAKHRISABZ
23 YIL.... NEFTCHIDAN SUNG, NASAAAAF CHEMPIOOOOON!!!!
+3   
01 noy 22:48:49
Otabek
O‘zbek futboliga intriga qaytganidan xursandman.
Ancha yillardan beri soxta chimpionlar zeriktirib yuborgandi.
+3   
01 noy 22:03:48
Xan
Молдец урток Бердиев! Ишлашда давом этаверинг реал карасак хакикатдан сиз УЗБдаги санокли энг яхши мурабийлардан бири сиз, бази уйинлардан кейин эмоцияга берилиб кет дейдиганлар хам булади, ундайларниям тугри тушиниш керак, жамоани жонидан хам яхши курганидан маглубият аламида бор захрини эмоцияларга берилиб каментда сизга сочадиган мухлислар хам бор, юкорида айтиб утганездек футболда севимли жамоаези маглубиятларини хам хеч нарса булмагандек кабул киладиган мухлислар буларни мухлис деб булмайди, булар шунчаки футболни томошо киладиган томошабинлар халос, айтганездек мвглубиятлардан кейин ухлолмай йониб куйиб футболга мухлислик киладиганлар хакикий жонкуяр мухлислардур, ишларезга ОМАД! Чунтагезга ДАРОМАД! ОЧЛ 2 турнерида Насафга ва сизга ОМАД деб коламиз! Чемпионлик билан Насаф футболчиларини ва мурабийларини ишчи хизматчиоарини ва Насафни ашадий мухлисларини узимни хам ТАБРИКЛАЙМАН
+2   
01 noy 22:44:14
Дильшод
А. Ҳ. Р. foydalanuvchining fikriga javob berish
1997 йилнинг 18 март санаси. Шу куни 13 ёшли Азиз синфдошлари билан бирга Қарши шаҳридаги “Меҳнат” стадионига футбол томоша қилгани борди. Бу Насаф ва Нефтчи жамоалари ўртасидаги ўйин бўлиб, унда қаршиликлар Олий лигадаги дебют учрашувини ўтказаётган эдилар. Учрашув бошланиши билан шаррос жала қуйиб, стадиондаги мухлислару, майдондаги футболчилар шалаббо бўлишди, аммо ўйин тўхтатилмади. Гарчи ўша матчда фарғоналиклар учта тўп фарқи билан ғалабага эришган бўлсаларда, шу воқеа ёш Азизнинг хотирасидан мустаҳкам ўрин олди. Шундан сўнг йиллар бўйи минглаб мухлислар қатори Азиз ҳам Насафга мухлислик қилиб келди. Орада ўша ёмғирли ўйин хотиралари қолган “Меҳнат” стадиони ҳам бузилиб кетди, лекин Азизнинг қалбида жонажон жамоасининг барча мухлислари қатори Насафнинг чемпион бўлишини кўриш орзуси асло сўнмади. Мана бугун ҳам 40 ёшни қоралаб қолган Азиз ўша орзусига эришди. Ниҳоят “Насаф” чемпион бўлди! Ҳа, айтганча, Азизнинг қалбида яна бир армони бор, у ҳам бўлса Ўзбекистоннинг жаҳон чемпионатида иштирок этишидир ва бу армон ҳам тез орада ушалажакдир! Яшасин Футбол, Яшасин “Насаф”, Яшасин Ўзбекистон! https://championat.asia/hikmatlidun
Ман уша уйинни сталиондан кургандим, ёмгирли футбол, Рузикул плеймейкер, ман 15 ёшли болакай, эхх, рахмат эслатганиз учун
+2   
01 noy 22:31:29
Grand Grand
А. Ҳ. Р. foydalanuvchining fikriga javob berish
1997 йилнинг 18 март санаси. Шу куни 13 ёшли Азиз синфдошлари билан бирга Қарши шаҳридаги “Меҳнат” стадионига футбол томоша қилгани борди. Бу Насаф ва Нефтчи жамоалари ўртасидаги ўйин бўлиб, унда қаршиликлар Олий лигадаги дебют учрашувини ўтказаётган эдилар. Учрашув бошланиши билан шаррос жала қуйиб, стадиондаги мухлислару, майдондаги футболчилар шалаббо бўлишди, аммо ўйин тўхтатилмади. Гарчи ўша матчда фарғоналиклар учта тўп фарқи билан ғалабага эришган бўлсаларда, шу воқеа ёш Азизнинг хотирасидан мустаҳкам ўрин олди. Шундан сўнг йиллар бўйи минглаб мухлислар қатори Азиз ҳам Насафга мухлислик қилиб келди. Орада ўша ёмғирли ўйин хотиралари қолган “Меҳнат” стадиони ҳам бузилиб кетди, лекин Азизнинг қалбида жонажон жамоасининг барча мухлислари қатори Насафнинг чемпион бўлишини кўриш орзуси асло сўнмади. Мана бугун ҳам 40 ёшни қоралаб қолган Азиз ўша орзусига эришди. Ниҳоят “Насаф” чемпион бўлди! Ҳа, айтганча, Азизнинг қалбида яна бир армони бор, у ҳам бўлса Ўзбекистоннинг жаҳон чемпионатида иштирок этишидир ва бу армон ҳам тез орада ушалажакдир! Яшасин Футбол, Яшасин “Насаф”, Яшасин Ўзбекистон! https://championat.asia/hikmatlidun
Мени хам 1998-йилда аллох рахматига олган булсин Дадам олиб борганди Каршидаги Мехнат стадионига Насаф Трактор уйинига 4-2 ютганди Насаф. дадам Насаф чемпионлигини куролмади Камолиддин Кенжаев авария булгани эшитиб жудаа хафа булаганди Камолни энди гуллаган даври эди Олга Аждарлар
+2   
01 noy 22:15:08
FANAT FC NASAF_REAL.M
А. Ҳ. Р. foydalanuvchining fikriga javob berish
1997 йилнинг 18 март санаси. Шу куни 13 ёшли Азиз синфдошлари билан бирга Қарши шаҳридаги “Меҳнат” стадионига футбол томоша қилгани борди. Бу Насаф ва Нефтчи жамоалари ўртасидаги ўйин бўлиб, унда қаршиликлар Олий лигадаги дебют учрашувини ўтказаётган эдилар. Учрашув бошланиши билан шаррос жала қуйиб, стадиондаги мухлислару, майдондаги футболчилар шалаббо бўлишди, аммо ўйин тўхтатилмади. Гарчи ўша матчда фарғоналиклар учта тўп фарқи билан ғалабага эришган бўлсаларда, шу воқеа ёш Азизнинг хотирасидан мустаҳкам ўрин олди. Шундан сўнг йиллар бўйи минглаб мухлислар қатори Азиз ҳам Насафга мухлислик қилиб келди. Орада ўша ёмғирли ўйин хотиралари қолган “Меҳнат” стадиони ҳам бузилиб кетди, лекин Азизнинг қалбида жонажон жамоасининг барча мухлислари қатори Насафнинг чемпион бўлишини кўриш орзуси асло сўнмади. Мана бугун ҳам 40 ёшни қоралаб қолган Азиз ўша орзусига эришди. Ниҳоят “Насаф” чемпион бўлди! Ҳа, айтганча, Азизнинг қалбида яна бир армони бор, у ҳам бўлса Ўзбекистоннинг жаҳон чемпионатида иштирок этишидир ва бу армон ҳам тез орада ушалажакдир! Яшасин Футбол, Яшасин “Насаф”, Яшасин Ўзбекистон! https://championat.asia/hikmatlidun
Sariq rangli ekarus (1) tölib toshib ketardi eski shahardan vokzalgacha baqir chaqir qilib ketdedik
+2   
01 noy 21:51:11
SHuxrat Samadov
Chempionlik muborak boʻlsin Nasaf va Roʻziqul Berdiyevga. Chempionatda kuchli jamoa chempion boʻldi.
+2   
01 noy 21:19:05
Ботир
А. Ҳ. Р. foydalanuvchining fikriga javob berish
1997 йилнинг 18 март санаси. Шу куни 13 ёшли Азиз синфдошлари билан бирга Қарши шаҳридаги “Меҳнат” стадионига футбол томоша қилгани борди. Бу Насаф ва Нефтчи жамоалари ўртасидаги ўйин бўлиб, унда қаршиликлар Олий лигадаги дебют учрашувини ўтказаётган эдилар. Учрашув бошланиши билан шаррос жала қуйиб, стадиондаги мухлислару, майдондаги футболчилар шалаббо бўлишди, аммо ўйин тўхтатилмади. Гарчи ўша матчда фарғоналиклар учта тўп фарқи билан ғалабага эришган бўлсаларда, шу воқеа ёш Азизнинг хотирасидан мустаҳкам ўрин олди. Шундан сўнг йиллар бўйи минглаб мухлислар қатори Азиз ҳам Насафга мухлислик қилиб келди. Орада ўша ёмғирли ўйин хотиралари қолган “Меҳнат” стадиони ҳам бузилиб кетди, лекин Азизнинг қалбида жонажон жамоасининг барча мухлислари қатори Насафнинг чемпион бўлишини кўриш орзуси асло сўнмади. Мана бугун ҳам 40 ёшни қоралаб қолган Азиз ўша орзусига эришди. Ниҳоят “Насаф” чемпион бўлди! Ҳа, айтганча, Азизнинг қалбида яна бир армони бор, у ҳам бўлса Ўзбекистоннинг жаҳон чемпионатида иштирок этишидир ва бу армон ҳам тез орада ушалажакдир! Яшасин Футбол, Яшасин “Насаф”, Яшасин Ўзбекистон! https://championat.asia/hikmatlidun
Хайрли кеч, ман хам уша куни стадионда эдим кечагидек ëдимда.
+1   
02 noy 22:01:25
yahyo
Barcha nasaf muxlislarini tabriklayman. Viloyat klubini ham chempion bular ekan ana.
+1   
02 noy 02:48:14
Шухратжон Муйсинович
Насаф жамоасини ва мухлисларини чемпионлик билан табриклайман. Улар муносиб ўйин кўрсатишди. Муборак бўлсин
+1   
02 noy 01:10:27
Музаффар Махмудов
Табриклаймиз. Насаф мухлислари бундан ошигига лойик. Халкаро майдондаям омад. Насаф ФКнинг барча аьзоларига катта рахмат.
+1   
01 noy 22:19:29
FANAT FC NASAF_REAL.M
Ботир foydalanuvchining fikriga javob berish
Хайрли кеч, ман хам уша куни стадионда эдим кечагидек ëдимда.
Usha mujazgina stadionimizga 16 mingga yaqin odam sigʻeydi
Yoshligimiz usha stadionda ötgan ne ne fudbolchila öynamagan
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика