Ro'ziqul Berdiev: "Sharja" texnik va taktik jihatdan yaxshi futbol o'ynaydigan jamoa"
15 fev 23:28
Yangiliklar
Ro'ziqul Berdiev: "Sharja" texnik va taktik jihatdan yaxshi futbol o'ynaydigan jamoa"
Ro'ziqul Berdiev:
— Barchaga ayon, ushbu turnirda keyingi bosqichga chiqish imkoniyatimiz qolmagan. Shunga qaramay, ertangi uchrashuvda yigitlarda etarlicha motivaciya bor. Biz uchun raqibga qarshi maydonga chiqib, sifatli futbol namoyish etish muhim vazifalardan biridir.
“Sharja” jamoasi texnik va tarkib jihatdan yaxshi shakllangan, kuchli raqib. Ertaga ushbu jamoaga qarshi munosib qarshilik ko'rsatishga harakat qilamiz.
Sharof Muhitdinov:
— Biz ertangi o'yinga to'liq tayyormiz. Maydonga faqat g'alaba uchun chiqamiz.

— Jamoaning hozirgi holati haqida nima deya olasiz va ushbu musobaqadan qanday xulosalar chiqardingiz?
Sharof Muhitdinov:
— Guruhimizda juda kuchli raqiblar jamlangandi. Shunga qaramay, bunday jamoalarga qarshi o'ynash bizni yanada chiniqtiradi, tajriba va motivaciya beradi.
— Bu sizlar uchun ushbu musobaqadagi so'nggi uchrashuv bo'ladi. Ertaga musobaqadagi ilk g'alabani qo'lga kiritishga harakat qilasizmi?
Ro'ziqul Berdiev:
— Albatta, ertaga g'alaba qozonish uchun maydonga tushamiz.
Jamoamiz musobaqa davomida ko'plab bellashuvlarda yaxshi o'yin namoyish etdi, ammo natijalar biz kutgandek bo'lmadi. Ertaga ushbu musobaqani munosib tarzda yakunlashimiz lozim. Yigitlarni aynan shunga tayyorladik.
— Ushbu mavsumda jamoaga nima etishmadi? Ayrim mutaxassislar jamoa "Nasaf" o'zini to'liq namoyish eta olmadi, deya baholashmoqda.
Ro'ziqul Berdiev:
— Buning bir nechta sabablari bor. Jamoamiz asosiy etiborni milliy chempionatga qaratdi. Bu esa jamoaga ikkita frontda ham ijobiy natijaga erishishga qiyinchilik tug'dirdi. Ayrim uchrashuvlarda bizga tajriba va individual mahorat etishmadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar
Рўзиқул Бердиев: Йук э канака галаба, биз шунчаки сайр килгани келдик, галаба козонишимга кузим етмайди, 90 дакика чидаб берсак булди, чунки болалар шахар дуконларини айланиб роса чарчашган.
Мусобақани ғалаба билан якунласин илоҳим.
Айрим мияси ачиган экспертлар учун ҳам ютиб келсин.