Ro'ziqul Berdiev: "Hozirgi holatimizda ham yaxshi tarkibga egamiz. "Nasaf" doim oldiga yuqori maqsadlarni qo'yadi"
09 fev 09:20
Yangiliklar
Ro'ziqul Berdiev: "Hozirgi holatimizda ham yaxshi tarkibga egamiz. "Nasaf" doim oldiga yuqori maqsadlarni qo'yadi"
Unda "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev va yarim himoyachi Oybek Rustamov ishtirok etdi
"Yangi mavsumda sizlar bilan ko'rishib turganimizdan xursandmiz. Turnir jadvali oxirida boradigan jamoalar o'yini doim qiziqarli bo'ladi. Ikki jamoa ham o'z mavqeini tiklash, jadvaldagi o'rnini yaxshilash uchun harakat qiladi. Yigitlarning barchasi bahsga tayyor. Natija ham, o'yin ham muxlislarga manzur bo'ladi degan umiddaman",- deydi Ro'ziqul Berdiev.
"Murabbiyimiz aytganidek uchrashuvga tayyormiz. O'zim uchun ham qiziq. Yangi jamoamda ilk xalqaro o'yinda qatnashaman. Muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz",- deydi Oybek Rustamov.
- Oybek, "Nasaf"ni tanlashingizga nima sabab bo'ldi?
- "Nasaf" O'zbekistonda yaxshi jamoa, o'sishim uchun bu jamoani tanladim.
- Ertangi o'yinda jamoada bosim yo'q. Futbolchilarni ruhan tayyorlash qiyinchilik tug'dirmadimi?
- Bunday o'yinlarda bosimni his qilish kerak emas. Yigitlar maydonda erkin harakat qilishi kerak. Ularni yig'inlar, o'yinlar orqali tayyorlab bordik. Mazkur yig'inlarda o'z rejamiz bor edi va bu amalga oshdi. Jamoani o'yinini yangi futbolchilar bilan shakllantirishga harakat qildik, bundan tashqari yosh o'yinchilarimizni ko'rib oldik. O'ylaymanki, mana shu yigitlar bilan munosib hozirlik olib bordik.
- "Al Shorta" bilan o'yindan bir xafta o'tgach "Sharja" bilan bellashuv bor. Yaqin orada Superliga boshlanadi. Ikkita bosimli qarama-qarshilik tayyorgarlik vazifasini o'tab beradimi?
- Biz bu to'qnashuvlar orqali chempionatga yanada yaxshi tayyorgarlik ko'ramiz deb o'ylayman. O'tgan uchrashuvlarda ham kuchli raqiblarga qarshi yigitlar bosimsiz to'p tepishdi. To'g'ri, tayyorgarligimiz juda zo'r holatda emas. Lekin ushbu o'yinlarda jamoa ishtiyoqi va tayyorgarligini ko'rsatishi lozim. Natija muhimligini tushunib turibmiz.
- Jamoani tark etgan va yangi futbolchilar haqida fikringiz...
- O'zingizga malum "Nasaf"ni 7-8 nafar futbolchi tark etdi. Bu albatta katta yo'qotish. Klub tajribasida bunday davrlar bo'lgan va jamoa mana shunday vaziyatlardan chiqib keta olgan. Bundan keyin ham shunday bo'ladi. "Nasaf"da yaxshi sharoit va tizm bor, bu ishlaydi. Jamoa har mavsumda oldiga yuqori maqsad qo'yib harakat qilaveradi.
- 2026 yildagi maqsad qanday?
- "Nasaf"ning maqsadi hech qachon o'zgarmaydi. Hozirgi holatimizda ham yaxshi tarkibga egamiz. Yoshlarni sinovdan o'tkazib oldik. Ular uyg'unlashgan holda yuqori o'rinlarga kurashadi deb o'ylayman. "Nasaf" o'z mavqeini ushlab turishga harakat qilgan va shunday bo'lib qoladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar