O'zbekiston Superkubogi: tomoshabinlar rekordi yangilanadimi?
15 mar 09:00
Yangiliklar
O'zbekiston Superkubogi: tomoshabinlar rekordi yangilanadimi?
Superkubokka oid faktlarni etiboringizga havola qilishda davom etamiz.
O'zbekiston Superkubogi nafaqat maydondagi kurash, balki muxlislar qiziqishi bilan ham doimo etibor markazida bo'lib kelgan. Turnir tarixida eng ko'p tomoshabin yig'ilgan o'yin 2019 yilda qayd etilgan.
O'shanda Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida bo'lib o'tgan bahsda "Lokomotiv" (Toshkent) va OKMK (Olmaliq) jamoalari o'zaro kuch sinashgan. Ushbu uchrashuvni tribunalardan 18 171 nafar tomoshabin kuzatgani Superkubok tarixidagi eng yuqori ko'rsatkich sifatida qayd etilgan.
Oradan bir necha yil o'tgan bo'lsa-da, ushbu rekord hozirgacha saqlanib turibdi. O'yin vodiyda o'tayotganini hisobga olganda "Bobur Arena"da ko'plab ishiqbozlar tashrifi kutilmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar