So’nggi yangiliklar

10:22Ҳиндистон Аргентина билан ўртоқлик учрашуви учун катта миқдорда пул тўлайди ва бир нечта шартлар қўяди  0 09:55"Ливерпуль" Салоҳнинг ўринбосарига 200 миллион евро тўлашга тайёр  0 09:27Флорентино Перес муддатидан аввал президентликдан кетмоқчи  2 09:00Миср терма жамоаси собиқ юлдузи кечаги учрашувдан сўнг жамоа бош мураббийини танқид қилди  14 08:32Суперлига. Бугун "Динамо" учинчи ўринга кўтарилиб олиши мумкин  4 08:05Миср терма жамоаси устози кечаги мағлубиятдан сўнг нималар деди?  17 07:39U-17 Жаҳон чемпионати. Бугун нимчорак финал йўлланмаси учун майдонга тушамиз  6 02:50ЖЧ-2026 саралаши. Хорватия жаҳон чемпионатида, Германиядан ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:55U-17 Жаҳон чемпионатида 1/8 финалга чиққан илк иштирокчилар маълум бўлди  11 01:33Одил Ҳамробеков: "Эрон термасидаги жамоадошларим финалга чиққанимиз билан табриклашди"  4 01:15Рустам Ашурматов: "Фабио Каннаваро ўзи билганларини ўргатиб, барчасини бирдек олиб бормоқда"  6 01:00Абдулла Абдуллаев: "Ҳақли равишда ғалаба қозондик"  0 00:51Отабек Шукуров: "Йиғин бошлангандан кейин 4 кун мобайнида мураббийлар Мисрнинг қандай ўйнашини уқтириб борди"  6 00:23Элдор Шомуродов: "Замонавий футболда барчасига тайёр туриш керак"  8 00:10Фабио Каннаваро: "Жаҳон чемпионатига чиққандан кейин стратегия тузилган ва биз буни бажариш учун қўлимиздан келганини қиламиз"  18

Ro'ziqul Berdiev: "Hozir asosiy etiborimiz OFK kubogida g'olib chiqishga qaratilgan" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Hozir asosiy etiborimiz OFK kubogida g'olib chiqishga qaratilgan"

O'zbekiston kubogi musobaqasining 1/4 final bosqichidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Nasaf" (0:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.





O'yin haqida

- "So'g'diyona" kurashuvchan va raqibga ham kurash taklif qiladigan jamoa. Yigitlarga bugun kurashlarda yutqazmaslik haqida ko'rsatma bergandik. Umuman olganda bugun tartibli o'yin namoyish etdik. Standart vaziyatlarda "So'g'diyona" juda xavfli, shu sababdan bugun bu borada etiborli o'ynadik. G'alabamizga sabab sifatida tartibli o'yinimizni ko'rsata olaman. Oxirgi vaqtlarda bu ikki jamoalar o'rtasidagi o'yinlar juda keskin ruhda o'tmoqda. 

- O'yindan oldin tarkiblar elon qilinganida "Nasaf" asosiy tarkib futbolchilarini OFK kubogi finaliga asrab qoldi degan taxminlar bo'ldi. Bugun tarkib tanlashingizdan maqsad qanday edi?

- Albatta, biz OFK kubogi final o'yini haqida ham o'ylagandik. Hozir asosiy etiborimiz OFK kubogida g'olib chiqishga qaratilgan. SHu sabab bugun ayrim futbolchilarni zaxirada qoldirdik. Kuchni to'g'ri taqsimlagan xolda bugungi o'yinda ham ijobiy natija qayd etishimiz zarur edi. O'ylayman-ki, biz buni amalga oshira oldik. SHuningdek, 3-4 nafar o'yin amaliyoti kam yosh futbolchilarga imkon berdik. Balki mazmunli o'ynamagandirmiz, lekin bu yigitlar ishonchimizni oqlashdi deb o'ylayman. Bugun "So'g'diyona"ning kuchli bosimiga munosib qarshilik ko'rsatishgani uchun yigitlarga minnatdorchilik bildirdim.

- Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Umar Eshmurodov bugun o'zini yomon tutdi. Uni intizomiy jazoga tortasizmi?

- Bu futbol, hissiyotlarga boy o'yin. Bahodir Nasimov va Umar Eshmurodov o'rtasida o'tgan o'yinda ham tortishuv yuzaga kelgandi. Ikkisi ham yosh futbolchi emas, bu borada juda chuqurlashmadim. Ular mag'lubiyatni ham, g'alabani ham to'g'ri qabul qilishadi degan umiddaman. Har ikki futbolchi ham o'z jamoasi uchun juda kerakli futbolchilar. Eshmurodov bilan alohida gaplashamiz. Har qanday vaziyatda ham futbolchi o'zini tuta bilishi kerak. Bugun u hissiyotlarga berilgandir, lekin judayam chegaradan chiqib ketgani yo'q. 

- Hozirda uning holati yaxshimi?

- Ha, albatta yaxshi, hammasi joyida. Futbolchilar bilan gaplashdim va hissiyotlarga berilish kerak emasligini tushuntirdim. 

- Ko'pchilik muxlislar bugun "So'g'diyona" jamoasi g'alabasini kutishgandi. CHunki "Nasaf" asosiy kuchini OFK kubogiga sarflashini muxlislar tushunib turishgandi. Jamoangiz O'zbekiston kubogi, Superliga va OFK kubogida ijobiy natijalar ko'rsatishga qodir deb o'ylaysizmi?

- Albatta oldimizda shu vazifalar turibdi. Har bir turnirda munosib ishtirok etmoqchimiz. Tan olish kerak, hozirda asosiy etiborimiz OFK kubogi final o'yiniga qaratilgan. SHu sabab jarohatdan asrab qolish maqsadida ayrim futbolchilarga dam berdik. Jamoa o'yinini tashkil etish juda muhim, bugun yigitlar ko'rsatmalarimizni to'g'ri bajarishdi.

- OFK kubogi final bahsida jamoangizga omad yor bo'lishini tilab qolamiz!

- Albatta, butun O'zbekiston ahli nomidan o'ynaymiz va OFK kubogini yutishga bor kuchimiz bilan harakat qilamiz. Etibor uchun barchangizga rahmat!

Reyting: +53   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика