So’nggi yangiliklar

13:23Раҳмоналиев Россияга қайтадими?  3 12:51"Реал" ёш иқтидорларининг келажаги борасида қарор қабул қилди  0 12:23АПЛдан яна бир ҳимоячи "Ливерпуль" таклифини рад этиб, "Реал"ни танлади  1 12:00Бугунги ўйинлар: Янги йилни АПЛ билан бошлаймиз  0 11:41"Манчестер Сити" АПЛ тарихидаги энг қиммат футболчилардан бири бўйича катта молиявий йўқотишга учраши мумкин  0 11:10Александр Андроникашвили: "Андижон"га ўтишим жуда тез ва кутилмаганда содир бўлди"  1 10:50"Бунёдкор" ўринбосарлари мураббийи "Локомотив"га ўтди  1 10:20"Нефтчи" U-21 жамоасида украиналик мураббий иш бошлайди  4 09:58"Интер", "Барселона" ва "Ювентус" Жоау Канселуга қизиқмоқда  1 00:55Президент қарори билан Каттақўрғон шаҳрида футбол академияси қурилади  3 00:24Ироқ. Шерзод Темировнинг ягона голи "Арбил" клубига ғалаба тақдим этди. Футболчи ажойиб натижа қайд этмоқда  9 00:15Яйпанга катта футболни қайтариш ҳаракатлари бошланди  5 23:47Луис де ла Фуэнте: "Месси ва Роналду фаолиятини якунламасликлари керак"  4 23:18"Барселона", "Интер" ва "Боруссия" "Хайдук"нинг 18 ёшли ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 22:30"Челси" яқин келажакда натижалар яхшиланмаса, Марескани истеъфога чиқариши мумкин  3

Ro'ziqul Berdiev: "Futbolda 2:0 juda xavfli hisob" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Futbolda 2:0 juda xavfli hisob"

Superliganing 3-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Qizilqum" (2:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Uchrashuvning shunaqa og'ir o'tishiga o'zimiz sababchimiz. Birinchi bo'limdagi xotirjamlik va ishonch ikkinchi bo'limda susayib qoldi. "Qizilqum" jamoasi bizga juda yaxshi qarshilik ko'rsatdi, gol kirita oldi. SHunday bo'lsa ham yigitlarga raxmat aytaman, ular maydonda oxirigacha kurashishdi. Vaziyatlarimizdan to'g'ri foydalana olganimizda hisob bundan ham yaxshiroq tus olishi mumkin edi.


- Da Silvani almashtirilishi nima bilan bog'liq?

- Biz yangi futbolchilarni maydonga tashlab o'yinni kuchaytirmoqchi edik. Imkoniyatlarimizdan to'liq foydalana olmadik.

- Bobir Abdixoliqov Belarus va Qozog'iston chempionatlarida yaxshi o'yin ko'rsatgandi. "Nasaf" esa yo'qolib qolayotgandek...

- Bobir Abdixoliqovda ruhiyat bilan bog'liq muammo bor. Bundan chiqib ketishi uchun birinchi golini urib olishi kerak. Biz unga bu borada yordam beramiz. Abdixoliqov bunday vaziyatlardan chiqib keta oladigan iqtidorga ega.

- "Qizilqum"ning ikkinchi bo'limda o'yinni kuchaytirib yubora olganiga sabab nima deb hisoblaysiz?

- Birinchidan biz o'z imkoniyatlarimizdan to'liq foydalana olmadik. O'tgan mavsumda jamoalar bizga qarshi chuqur himoya bilan chiqishardi. Biz mana shunday ehtimolni hisobga olgan holda raqibga ham imkoniyat berayapmiz. Tezkor futbolchilarimiz bor, o'yinning borishiga qarab qarshi hujum uslubiga ham o'tayapmiz.

Ikkinchidan, 2:0 juda xavfli hisob. Gol o'tkazib yuborsangiz, ruhiy ustunlik raqib tomoniga o'tib ketadi. SHu kabi faktorlar ikkinchi bo'limdagi o'yinimizga tasir ko'rsatdi.



Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика