So’nggi yangiliklar

00:55Президент қарори билан Каттақўрғон шаҳрида футбол академияси қурилади  1 00:24Ироқ. Шерзод Темировнинг ягона голи "Арбил" клубига ғалаба тақдим этди. Футболчи ажойиб натижа қайд этмоқда  7 00:15Яйпанга катта футболни қайтариш ҳаракатлари бошланди  2 23:47Луис де ла Фуэнте: "Месси ва Роналду фаолиятини якунламасликлари керак"  0 23:18"Барселона", "Интер" ва "Боруссия" "Хайдук"нинг 18 ёшли ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 22:30"Челси" яқин келажакда натижалар яхшиланмаса, Марескани истеъфога чиқариши мумкин  3 21:56Роберто Ди Маттео мураббийлик фаолияти тиклаш ҳақидаги саволга жавоб берди  1 21:31Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди  15 20:55"Барселона" гол уриш бўйича рекорд ўрнатди  0 20:39Килиан Мбаппе Испания Суперкубоги финалида ўйнаши мумкин  0 19:49"Реал" марокашлик футболчиси билан 2030 йилгача бўлган битим имзолайди  2 19:35"Олимпик" ўйинчиларига маошининг ярмидан воз кечиш таклиф қилинмоқда  5 18:49Мбаппе жароҳат олди  7 18:37Жейми Каррагер: "Жезус Дьокерешдан яхшироқ, бу факт"  6 17:51Орлов замонавий шарҳловчилар ҳақида: "Нотўғри урғулар қулоққа ғалати эшитилади. Баъзида ўйиндан жуда катта чалғишлар бўлади. Эфирда кераксиз сўзлар кўп бўлмаслиги керак"  7

Ro'ziqul Berdiev: "Bugun "Paxtakor"ga ochiq o'yin taklif qila olmasdik" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Bugun "Paxtakor"ga ochiq o'yin taklif qila olmasdik"

Superliga-2024 ikkinchi turidan o'rin olgan "Paxtakor" – "Nasaf" (0:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida qatnashdi.


- O'yin haqida

- Bugungi o'yinni epizodlarga bo'lib olsak bo'ladi. Umumiy qilib olganda, ikki jamoa ham yutqazishga xohlamadi. Hech kim tavakkal qilib, hujumga berilishni istamadi. Ikki jamoa ham vaziyatlar yaratdi, ammo muxlislar kutgan gol bo'lmadi. Teng kurashlarga boy o'yin deyishimiz ham mumkin, ammo bugun "Nasaf" o'yinidan ko'nglim to'lmadi. Bugun jamoam ruhiy tomondan  qandaydir bosim bilan harakat qilgandek ko'rindi.

- Ro'ziqul aka, "Nasaf" odatda dastlabki o'yinlarda bosimsiz harakat qilardi. Balki, bugungi bosimga sabab jamoaning oldiga chempionlik vazifasi qo'yilgani bilan bog'liqdir?

- Yo'q. CHempionlik vazifasi qo'yilgani yaxshi. Bu yigitlarni xursand qilmoqda. Bazida jamoa oldiga hech qanday vazifa qo'yilmaydi. Yaxshi ishtirok etish haqida gapiriladi. Bizga katta vazifa qo'yilayotgani jamoamizga bo'lgan yuqori etibordan darak beradi. Bugungi bosimga yigitlarning g'alaba qozonishni juda ham istagani sabab bo'ldi. Oldimizdagi maqsadni bugungi o'yinga hech qanday aloqasi yo'q. CHempionat endi boshlandi. Siz aytgan bosim mavsum oxiriga kelibgina bo'lishi mumkin. 

- "Nasaf" doim to'pni o'zida ushlab turadigan va qisqa paslar bilan o'ynaydigan jamoa hisoblanadi. Lekin bugun, ayniqsa birinchi bo'limda buni aksini ko'rdik. "Nasaf"ga o'xshamaydigan uslubga nima sabab bo'ldi? Ikkinchi savolim esa Abduvohid Nematov bilan bog'liq. U birinchi bo'limda kichik xatolarga ko'p marta yo'l qo'ydi. Ikkinchi bo'limda esa umuman uzatmalar bermadi. Birinchi bo'limdan so'ng Nematov bilan shu masala bo'yicha suhbatlashdingizmi?

- Bugun o'yindagi sxemamiz ko'proq himoyaga asoslangan edi. To'pni nazorat qilish bugungi asosiy vazifamiz emasdi. Abduvohidda birinchi bo'limda muammolar bo'ldi. Tanaffusda u bilan suhbatlashdik. Bu yuqorida takidlaganimdek, yuqori bosimning natijasidir. Qaerdadir shoshdi, qaerdadir xatoga yo'l qo'ydi. Agar birinchi to'plarni yaxshi boshlab bermasangiz, to'pni nazorat qilish qiyin bo'ladi. "Paxtakor" esa shu jabhada bizdan ancha yaxshi o'ynadi va to'pni o'zida ushlab turdi. O'z xatolarimiz evaziga "Paxtakor"ga to'pni nazorat qilish imkoniyatini qoldirdik.

- Legionerlardan doim ko'p narsa kutamiz. Oxirgi yillarda "Nasaf"ga kelgan legionerlarga stabillik etishmayapti. Bugun ham legionerlarda deyarli hech narsa o'xshamadi. Bunga sabab nima bo'lyapti?

- Jamoani o'yini yaxshi chiqmasa, bu barcha o'yinchilarga tasir qiladi. Biz bilamizki, jamoaga taklif qilingan legionerlarimizni o'yinlarda foydasi tegadi. O'tgan o'yinda ular o'z vazifalarini yaxshi bajarishdi. Bugun esa balki himoyaviy taktika tanlaganimiz legionerlarimizning o'yini chiqmaganiga sabab bo'lgandir. Lekin biz bugun "Paxtakor"ga ochiq o'yin taklif qila olmasdik. Oxirgi o'yinlarda deyarli bitta tarkib bilan o'ynayapmiz. Hali oldinda o'yinlar ko'p, legionerlarning foydasi tegadi. Juda ko'p o'yinlarda legionerlarimiz hal qilib ketishmoqda. Buni ham unutmaslik kerak. 

- SHaxsiy fikrimcha, bugun "Nasaf" jismoniy tayyorgarlik bo'yicha "Paxtakor"ga yutqazdi. Bu fikrga qanday qaraysiz?

- Bilmadim, o'yinni oxirida biz ko'proq hujum qildik. Jismoniy tayyorgarlik bo'yicha bizda hech qanday muammo ko'rinmadi. Bundan tashqari, biz "Paxtakor"ga nisbatan ko'proq o'yin o'tkazdik. O'yinning oxirida biz yaxshiroq o'ynadik. Menimcha, jismoniy tayyorgarlik bo'yicha bizda hech qanday muammo bo'lmaydi.

- "Nasaf" birinchi bo'limda juda ehtiyotkorlik bilan harakat qildi. Umuman, bugungi keragidan ortiq ehtiyotkorlikka nima sabab bo'ldi?

- "Paxtakor"ni ham hurmat qilish kerak. Ehtiyot bo'lmasak, yutqazib qo'yishimiz mumkin. "Paxtakor" tarkibida ikki uch nafar yoshlar o'ynayapti, ammo bu jamoada tajribali o'yinchilar ham etarli. Avvalroq aytganimdek, "Paxtakor"ni hisobdan chiqarib bo'lmaydi. SHu bilan birga, "Paxtakor" oddiy o'yinchilarni tarkibda olib yurmaydi. 

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика