Rossiya termasi uchun yana bir raqib topildi
28 dek 2024 20:16
Yangiliklar


Rossiya termasi uchun yana bir raqib topildi
Rossiya termasi 2025 yilda Turkiyaga qarshi o'rtoqlik o'yinini o'tkazishi mumkin.
Bu haqda Rossiya Federaciyasi sport vaziri Mixail Degtyarev xabar berdi.
"Istanbulda bo'ldim. Turkiya termasida ham shunday qiziqishlar bor, xatto Turkiya Respublikasi elchixonasi ham bu mavzuda taklif bilan chiqdi.
100 yil oldin Turkiya bilan Sobiq Ittifoq termalari o'rtoqlik o'yinini o'tkazgandi. Nega ular yana o'ynamasligi kerak?
Bu mavzu bo'yicha ishlaymiz", - dedi Degtyarev.
Eslatib o'tamiz, Rossiya termasi taqiq tufayli faqatgina o'rtoqlik o'yinlari o'tkazmoqda. Ushbu mamlakatning barcha yoshdagi termalariga rasmiy o'yinlarda qatnashish taqiqi bor.
O’xshash yangiliklar
12:40
Ilyos Zeytullaev Rossiya terma jamoasida o'ynash taklifiga nega rad javobi berganini gapirib berdi 13
20:01
Turkiya Superligasi. "Rizespor" o'z uyida "Gaziantep"dan ustun keldi, Aliqulov to'liq harakat qildi 0
09:54
Abbosbek Fayzullaev o'zaro o'yinda O'zbekiston Rossiyani mag'lub etadimi degan savolga javob berdi 24

Fikrlar