Turkiyada 1000 dan ortiq futbolchi qimor mojarosi sababli chetlatildi. Ro'yxatda "Galatasaroy" va "Beshiktosh" o'yinchilari ham bor
11 noy 00:15
Yangiliklar
Turkiyada 1000 dan ortiq futbolchi qimor mojarosi sababli chetlatildi. Ro'yxatda "Galatasaroy" va "Beshiktosh" o'yinchilari ham bor
Turli divizionlarda to'p surayotgan 1000 dan ortiq futbolchi qimor o'yinlariga aloqadorlik aybi bilan musobaqalardan chetlatildi. Ular orasidan 27 nafari Superliga jamoalarida to'p suradi.
Turkiyaning Milliyet nashri xabar berishicha, chetlatilganlar orasida "Galatasaroy", "Beshiktosh", "Trabzonspor", "Antalyaspor" futbolchilari bor. Chetlatilganlar orasidan faqat bittasi legioner hisoblanadi.
Turkiya futbol federaciyasi FIFA bilan qo'shimcha transfer oynasini ochish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda, chunki ikkinchi va uchinchi divizion jamoalari tarkib to'plashda qiyinchilikka duch kelgan. Hozircha bu divizionlardagi musobaqalar vaqtincha to'xtatilgan.
Bundan avval Turkiyada 17 nafar hakam va ikki klub prezidenti hibsga olingan, shuningdek, 149 nafar hakam qimor o'yinlarida ishtirok etgani uchun chetlatilgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Fikrlar