Roppa-rosa ikki yil! Lionel Messi Jahon chempionati finalini esladi
18 dek 2024 22:20
Yangiliklar
Roppa-rosa ikki yil! Lionel Messi Jahon chempionati finalini esladi
2022 yilning 18 dekabr kuni Argentina terma jamoasi o'z tarixidagi uchinchi Jahon chempionligini qo'lga kiritgandi.
Ushbu voqeadan roppa-rosa ikki yil o'tib, Argentina termasi sardori Lionel Messi o'sha Jahon chempionatini esladi.
"Men dekabr oyini va yangi yil bayramlarini yoqtiraman. Ikki yil oldin dekabr biz uchun yilning achchiq yakuniga aylanishi mumkin edi. Yakunda esa bu oy faoliyatimdagi eng ajoyibiga aylandi.
Endi har dekabr menga o'sha xotiralarni olib keladi. Ikki yillik muborak bo'lsin! ⭐️⭐️⭐️", -deb yozadi Lionel Messi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
Суперлига. "Пахтакор" "Насаф"ни мағлуб этиб, турнир жадвалида ортда қолдирди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar