So’nggi yangiliklar

15:20Жалолиддин Машарипов: "Узоғи билан 1 ойда умумий гуруҳга қайтаман"  1 13:40ФИФА Эронга умид билдирмоқда  2 13:13Сенегал футбол федерацияси Африка кубоги финалидаги қарорни CASга олиб чиқади  1 12:19"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи   68 12:01"Хоразм"-"Бунёдкор": устунлик "қалдирғочлар" томонидами?  2 11:12Эксперт фикри. Абдуқаҳҳор Ҳожиакбаров: "Пахтакор"ни ютган "Навбаҳор"да ўзига ишонч юқори"   1 10:28"Реал"дан учралган мағлубиятдан сўнг Гвардиола нималар деди?  42 09:49Артета навбатдаги ғалабадан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  20 09:21"Манчестер Сити"ни мусобақадан чиқариб юборган Арбелоа нималар деди?  17 08:53Садио Мане Сенегалдан чемпионликни олиб қўйилганига кескин муносабат билдирди  9 08:25Гвардиола: "Ҳусанов учун бу EЧЛдаги илк тажриба йили бўлди"  18 07:57Суперлига. Бугун 4-турга старт берилади  4 07:30Sofascore. Ҳусанов ҳимоячилар орасида энг юқори баҳога лойиқ кўрилди  14 07:30ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Реал Мадрид" 1:2  55 05:55Шиддатли кечган баҳсда ўсмирларимиз Марокашни мағлуб этишди  4

Ronaldu va Messi o'zib keta olmagan 5 rekord Yangiliklar

Ronaldu va Messi o'zib keta olmagan 5 rekord

Dunyo futboli qirollari, 5 martadan "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgan ikki futbolchi - Krishtianu Ronaldu va Leo Messi barcha rekordlarni ham yangilay olmagan.

Misol uchun...

5. LA LIGADA ENG KO'P O'YIN O'TKAZISH

"Barselona" sobiq darvozaboni Andoni Subisareta LaLiga tarixida eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchi hisoblanadi. U Primeroning 629 uchrashuvida qatnashgan.

Ayni damda Ronaldu va Messi LaLigada o'yin o'tkazish borasida kuchli-10likda ham emas. Argentinalik 419, portugaliyalik 294 uchrashuvda maydonga tushgan.

Subisaretaning natijasidan o'tib ketish uchun Messi salkam 6, Ronaldu esa 9 mavsum LaLigada o'ynashi kerak.

4. ENG TEZKOR GOL

Bu boradagi natijada ham "Barselona" futbolchisi etakchi.

2014 yilda "Almeriya"ga qarshi uchrashuvda Seydu Keyta 7,6 soniyasida gol urgan va Xoseba Lorentening (7,8 soniya) rekordidan o'tib ketgan.

Kuchli beshlikda dastlabki 10 soniyada gol urgan futbolchilar boshqa yo'q. SHu boisdan uning rekordi yana bir necha mavsum davomida o'zgarmay turishi aniq.

3. KETMA-KET XET-TRIK QILISH

Messi va Ronaldu LaLiga doirasida umumiy 63 marta xet-trikka erishishgan (Ronalduda 34, Messida 29). Biroq ikki futbolchi ham ichki chempionatda biror marta ketma ket xet-trik qila olishmagan.

1935 yilgi mavsumda "Real Oviedo" futbolchisi Isidro Langara ketma-ket uch bora xet-trik qilishga erishgan.

Hozircha ushbu rekordni hech kim yangilay olmayapti, jumladan futbolning ayni damdagi ikki qiroli ham.

2. BIR O'YINDA 7 GOL URISH

"Barselona" afsonasi Laslo Kubala bir o'yinda 7 gol kiritgan. Bu natija 1952 yilda qayd etilgan.

"Atletik" futbolchisi 1931 yilda "Barselona"ga qarshi uchrashuvda ham shunday ishni bajara olgan.

2015 yilda "Granada"ga, keyinchalik "Espanol"ga qarshi bahsda Krishtianu Ronaldu 5tadan gol kiritishni uddalagan.

Messi esa bir o'yinda uzog'i bilan 4 gol kirita olgan. Hozircha ikki futbolchi ham bu rekordni yangilay olishmayapti.

1. ENG TEZKOR XET-TRIK

David Vilya 2005/06 yilgi mavsumda u 4 daqiqa 47 soniyada xet-trik qayd etgan, bu esa LaLigadagi rekord natijadir. U o'shanda "Valensiya" tarkibida bo'lgan va "Atletik" darvozasini ishg'ol etgan. O'shanda uning gollari 82, 84 va  87-daqiqalarga yozilgan.

2015 yilda Ronaldu "Granada" jamoasi darvozasiga 8 daqiqada 3 to'p urgan.

2017 yilda "Atletiko" futbolchisi Kevin Gameyro rekorddan 4 soniya kechikib, "Sporting Xixon" darvozasiga 3 gol kiritgandi.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +43   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика