Arteta navbatdagi g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi
18 mar 09:49
Yangiliklar
Arteta navbatdagi g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi
Jamoasi bilan ECHL musobaqasining chorak finaliga yo'l olgan Mikel Arteta "Bayer"ga qarshi uchrashuvdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Biz o'yinni juda yaxshi boshladik va hamma joyda xavf tug'dirdik. Darvozabon raqibni o'yinda ushlab turdi, va bizga oldinga chiqish uchun Eberechi Ezedan sehrli bir moment kerak bo'ldi.
Keyin ikkinchi taymda Deklanning harakatlari bizga g'alaba qozonish imkonini berdi va bizda uchinchi golni urish uchun to'rt yoki beshta imkoniyat bo'ldi, lekin umuman olganda biz g'alabani va chorak finalga chiqishni to'liq haqli edik", - dedi Arteta.
Eslatib o'tamiz, "Arsenal" chorak finalda "Sporting"ga qarshi bahs olib boradi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Реал Мадрид" 1:2
Fikrlar