Ekspert fikri. Abduqahhor Hojiakbarov: "Paxtakor"ni yutgan "Navbahor"da o'ziga ishonch yuqori"
18 mar 11:12
Yangiliklar
Ekspert fikri. Abduqahhor Hojiakbarov: "Paxtakor"ni yutgan "Navbahor"da o'ziga ishonch yuqori"
Kun doirasidan 3 ta uchrashuv o'rin olgan. Biz mazkur bahslar oldidan sobiq futbolchi Abduqahhor Hojiakbarovning fikrlarini tingladik.
"Qo'qon-1912" – "Navbahor" uchrashuvi haqida fikr bildiradigan bo'lsam, bu o'yinda Timur Kapadze jamoasining imkoniyatlarini yuqori baholagan bo'lar edim. Jamoa o'tgan turda mehmonda "Paxtakor"dan ustun keldi. Bu g'alabadan so'ng futbolchilarda o'z kuchiga ishonch juda yuqori deb o'ylayman.
Imkoniyat – 40/60.
"Xorazm" – "Bunyodkor". Qiziqarli bellashuv guvohi bo'lamiz. Mazkur bahsda har ikki jamoada ham yaqqol ustunlik yo'q. "Bunyodkor" ayni damda qiyin vaziyatni boshdan kechirmoqda. "Xorazm" ham borini beradi. Shunday ekan, tenglikni taxmin qilaman. Imkoniyat: 50/50.
"Qizilqum" – OKMK uchrashuvi haqida fikrim shuki, Mirjalol Qosimov bu yildan boshlab jamoani yoshartirishga jiddiy kirishgan. U yangi, shijoatli tarkib shakllantirishga intilyapti.
Menimcha, OKMK safarda ilk g'alabasini nishonlashi mumkin. Kuchlar nisbati taxminan 45/55 .
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Реал Мадрид" 1:2
Fikrlar
Xorazm Guch!