Ronaldu Suaresni "Yuventus"da kutmoqda
30 avg 2020 00:50
Yangiliklar
Ronaldu Suaresni "Yuventus"da kutmoqda
"Barselona" hujumchisi Luis Suares "Yuventus"ga o'tishi mumkin.
"Corriere della Sera" xabariga ko'ra, "keksa sinora" rahbariyatiga hujumchi Krishtianu Ronaldu 33 yoshli forvardni transfer qilish taklifi bilan chiqqan.
Krishtianu Suarezni ayni damdagi eng yaxshi hujumchilardan biri deb hisoblaydi va u orqali jamoaning ECHLda sovrin olish imkoniyati keskin oshadi. Urugvaylikning ushbu yozda jamoadan ketishi aniq bo'lib ulgurgan. U Ronald Kumanning rejalariga kirmayapti.
Yakunlangan mavsumda Suarez "Barsa" tarkibida chempionatning 28 o'yinida qatnashdi va 16 gol hamda 8 assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar