Ronaldu Pepeni "Al Nassr"da ko'rmoqchi
06 jan 2023 16:57
Yangiliklar
Ronaldu Pepeni "Al Nassr"da ko'rmoqchi
"Al Nassr"ning yangi futbolchisi Krishtianu Ronaldu "Portu" himoyachisi Pepeni sotib olishlarini istamoqda.
"Marca" xabariga ko'ra, 37 yoshli portugaliyalik futbolchi klub rahbariyati bilan do'sti va hamyurti bilan shartnoma imzolash masalasini muhokama qilgan. "Al Nassr" Ronalduning taklifiga rozi bo'ldi, shu bois futbolchini sotib olishga harakat qiladi.
Ronaldu va Pepe "Real"da birga o'ynagan, shuningdek, Portugaliya termasi sharafini yillar davomida birga himoya qilgan.
"Al Nassr" Ronalduni 3 yanvar kuni Ar-Riyoddagi 25 000 tomoshabinga mo'ljallangan "Mrsul-park" uy stadionida tanishtirdi. Portugaliyalik futbolchi Saudiya Arabistoni klubi bilan 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar