Ronaldu mashg'ulotlarga qaytdi! U Turkmanistonga uchadimi?
09 fev 22:41
Yangiliklar
Ronaldu mashg'ulotlarga qaytdi! U Turkmanistonga uchadimi?
"A Bola" nashrining xabar berishicha, 41 yoshli hujumchi jamoa mashg'ulotlariga to'liq qaytgan.
Mojaro nima bilan tugadi? Ronaldu nafaqat Saudiya investiciya fondi (PIF) siyosatiga, balki klubning bazi xodimlariga maoshlar kechiktirilayotganiga ham norozilik bildirib, o'yinlarni boykot qilgan edi. "Al Nassr" rahbariyati yulduz futbolchining talablariga yon bosdi va barcha qarzdorliklarni to'lab berdi.
Ronaldu qachon maydonga qaytadi?
Chorshanba kuni, 11 fevral oqshomida Osiyo Chempionlar Ligasi doirasida Turkmanistonning "Arkadag'" jamoasiga qarshi kechadigan bahsda Ronaldu ishtirok etmaydi. Murabbiylar shtabi unga dam berishga qaror qilgan.
Ronalduning rasmiy qaytishi shanba kuni, 14 fevralga rejalashtirilgan. Shu kuni "Al Nassr" Saudiya Pro-ligasi doirasida "Al Fateh"ga qarshi maydonga tushadi.
Ko'rinishidan, Krishtianu o'z maqsadiga erishdi va jamoadagi ichki muhitni sog'lomlashtirishga muvaffaq bo'ldi. Endi barcha etibor yana uning maydondagi gollariga qaratiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar
Shu opa-singillar sizlarga zarilmi e?)