Ronaldu juda ko'p tanqidlarga sabab bo'lgan harakati bo'yicha izoh berdi!
28 fev 2024 20:35
Yangiliklar
Ronaldu juda ko'p tanqidlarga sabab bo'lgan harakati bo'yicha izoh berdi!
Saudiya Arabistonining "Al Nassr" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Al SHabab"ga qarshi o'yinda muxlislar tomonga qarab bajargan nojo'ya harakati bo'yicha izoh berdi. Futbolchining fikricha, bu normal holat deya baholanishi kerak.
"Men barcha klublarni hurmat qilaman. O'sha kadrdagi harakatlar esa kuch va g'alabani aks ettiradi. Men uyatli hech narsa qilmadim. Evropada bunga o'rganib qolganmiz", -deydi Krishtianu Ronaldu.
Eslatib o'tamiz, Saudiya Arabistoni Pro-ligasining 21-turidan o'rin olgan «Ash SHabab» bilan o'yinda (3:2) Ronaldu «Messi!» deb hayqirgan raqib muxlislariga noo'rin ishora qilgan edi.
Malumot uchun, bunday holat Ronaldu bilan Saudiya Arabistonida birinchi marta sobir bo'lmayapti. O'tgan yilning aprel oyida u "Al Hilol"ga 0:2 hisobida mag'lub bo'lganidan so'ng shohsupaga chiqayotib, muxlislarga odobsiz ishora qilgandi. SHu oy boshida esa Krishtianu tribunadan o'ziga tashlangan "Al Hilol" sharfini olib, shortisiga solib, so'ng tribunaga tashladi. O'shanda ham muxlislar «Messi!» deb baqirishgandi.


O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Миср терма жамоаси собиқ юлдузи кечаги учрашувдан сўнг жамоа бош мураббийини танқид қилди
Fikrlar