Ronaldu: "Hech qachon qo'rqoq bo'lmaganman"
29 avg 2024 20:18
Yangiliklar
Ronaldu: "Hech qachon qo'rqoq bo'lmaganman"
"Al Nassr" futbolchisi Krishtianu Ronaldu xatolar qilishdan qo'rqmaslik kerakligini aytdi.
"Hech qachon masuliyatdan bo'yin tovlamaganman, hatto yoshligimda ham shunday bo'lganman. Qo'rqoq emasman. Tushunaman, ayrimlar penalti tepishni yoqtirishmaydi, buni normal holat. Biroq Krishtianuda bunday bo'lmaydi. Agarda birinchi urinishda xato qilsam, keyingisini ham tepaman. Agarda omadsizlikka uchrasam, uchinchi marta urinib ko'raman.
Qo'rqmayman. Biroq odamlar negativ vaziyatlarni doim izlab yurishadi. Agarda mendan so'rasangiz, gol urishni istayman deyman. Xo'sh, ura olmasam nima bo'ladi? Yig'lashim kerakmi? Muxlislar meni yaxshi ko'rishadi, bu esa menga navbatdagi o'yinda maydonga tushish uchun katta ishtiyoq vazifasini o'taydi. Hech kim meni bundan qaytara olmaydi", - dedi Ronaldu.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar