Ronaldu bilan o'ynab, Messi kuchli ekanligini aytgan 8 yulduz
26 okt 2019 15:21
Yangiliklar
Hozir Uels terma jamoasini boshqarayotgan MYU afsonasi, o'z vaqtida "qizil iblislar" safida Krishtianu Ronaldu bilan birga to'p tepgan Rayan Giggz Krishtianu va Leo Messidan birini tanlashi kerak bo'lganda quyidagi gaplarni aytgan: "Messi yoki Ronaldu? Messi. Bir narsada biroz qiynalaman. Krishtianuni tanlashni xohlardim, chunki birga o'ynaganmiz. Uning rivojlanishini guvohi bo'lganman. Ammo Messi - haqiqiy daho, bunday futbolchilarni umringizda bir marta ko'rasiz. Krishtianuni tanlagan bo'lardim, ammo ularni solishtirib bo'lmaydi".
Giggz - Ronaldu bilan bir jamoada o'ynab, Messi zo'rligini aytgan birinchi futbolchi emas. Bunaqasi nafaqat MYU, balki "Real" futbolchilari bilan ham ro'y bergan.
GUTI
2009/10 mavsumda "Real"da Krishtianu bilan o'ynagan.
"Real" tarbiyalanuvchisi, klub tuzilmasida 25 yil bo'lgan Guti 2013 yilda argentinalikni portugaliyalikdan ustun qo'ygan. "Tan olish qiyin, ammo ular orasidan Messini tanlayman". U bir necha yildan so'ng so'zlarini takrorladi. Biroq kichik o'zgartirishlar kiritdi: "Oldinroq Messi Ronaldudan zo'r ekanligini aytgan edim. Aslida ikkalasini tanlayman. Messi iqtidorliroq, ammo Krishtianu o'zini enggan haqiqiy to'purar. U Leo davrida 5ta "Oltin to'p"ni qo'lga kiritdi, bu katta muvaffaqiyat".
UEYN RUNI
2004-2009 yillarda MYUda Krishtianu bilan o'ynagan
"Ronaldu yoki Messi? Messi. Ular tarixdagi eng buyuk futbolchilardir, ammo meni ko'zim bilan qaraganda Messi idealroq" - degandi Ueyn 2018 yil tok-shoularning birida. Bir necha oydan so'ng u shunga o'xshash fikr bildirdi. "Krishtianu uzoq yo'lni bosib o'tdi: Vingerdan straykerga aylandi. U to'pga bir-ikki
teginishi bilan vaziyatni hal qiladi. Ammo Messi hayratlanarli ishlarni amalga oshirmoqda. Bir qarasangiz u markazda turgan bo'ladi, lekin bir necha soniyadan so'ng uning ismi tabloda yoziladi. Unda hamma narsa bor, shu sababli Leo kuchliroq".
RUD VAN NISTELROY
2003-2006 yillarda MYU, 2009/10 mavsumda "Real"da Ronaldu bilan o'ynagan.
Bir necha oy oldin Rudning Kataloniya nashriga aytgan yorqin so'zlari
barcha OAVda aylandi: "Messi kuchliroq, chunki unda ko'pchlikning sifatlari mavjud. Leoda Mbappe, Figu va Zidanning jihatlarini ko'rishingiz mumkin". Keyinroq sobiq futbolchi bu so'zlarni aytmagani haqida malum qildi. Biroq uning bir yil oldingi intervyusida shunga o'xshash gaplar bo'lgan.
Rud 2018 yil teleefirda quyidagicha fikr bildirgan: "Messiga o'xshashi yo'q. Bu bahsli narsadir, ammo u futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi".
RAUL
2009/10 mavsumda "Real"da Krishtianu bilan o'ynagan.
"Real" afsonasi 2015 yil AQSHda o'ynayotgan kezlari kim kuchli ekanligini aytgan. "Men Zidan, Ronaldo, Figu, Krishtianular bilan o'ynash baxtiga ega bo'lganman... ammo Messi - boshqalardan ajralib turadi. Unda o'zgacha qobiliyat bor: Leo hammasini oson bajaradi. Xatto ilojsiz ishlarni ham".
ROY KIN
2003-2006 yillarda MYUda Krishtianu bilan o'ynagan.
Kin faoliyatini yakunlab, Ronaldu bilan to'qnash kelmay qo'yganida quyidagi fikrlarni bildirgan (2015 yil): "Bolaligimda kumirim Maradona bo'lgan. Krishtianu ham buyuk futbolchi, ayniqsa hozir hayratlanarli ishlarni amalga oshiryapti. Ammo Messi - men ko'rgan eng yaxshi futbolchi. Hammani ham maqtayvermayman, biroq Messi shunga arziydi. Uning o'yinidagi kamchiliklarni topishga urinyapman, ammo hozircha buning uddasidan chiqqanim yo'q. Leo ideal futbolchi". Keyinroq u Messini keskin tanqid qildi, 2017 yilda esa quyidagi so'zlarni aytdi: "So'nggi yarim yilda Krishtianu kuchliroq degan bo'lardim".
POL SKOULZ
2003-2009 yillarda MYUda Krishtianu bilan o'ynagan.
"O'z vaqtida ko'plab buyuk futbolchilar bilan to'p tepganman. Kantona, Zidan, Xavi, Pirlo va Krishtianu. Ularning orasidagi eng buyugi - Leo Messi. Gap faqat gollarda emas. Bir, ikki yoki uchta bahsda ajoyib o'yin ko'rsatadigan futbolchilar ko'p. Biroq Messi buni bir necha yildan beri bajarib kelmoqda" - degandi Skoulz
2015 yil "Barselona CHempionlar ligasida zafar quchganda.
DIMITAR BERBATOV
2008/09 mavsumda MYUda Krishtianu bilan o'ynagan.
"Ha, jin ursin, Messi eng zo'ri! Krishtianu - super, biroq menga ko'proq Leo yoqadi. U o'yinni oldinda ko'ra biladi. Gol uradi, vaziyat yaratadi. Tarixdagi eng zo'ri bo'lsa kerak".
BONUS: JOZE MOURINYU
2010-2013 yillarda "Real"da Krishtianuga ustozlik qilgan.
Mourinyu doimo solishtirish haqidagi savollardan qochib, Ronalduning kuchli jihatlarini sanab bergan. Ammo 2016 yildagi intervyusida boshqacha gapirgan: "Tarixdagi eng zo'ri? Uch futbolchini aytaman: Bular Pele, Maradona va Messi".
Fikrlar