"Roma" Zaniolo o'rniga "CHelsi" futbolchisini olib kelmoqchi
22 jan 2023 16:45
Yangiliklar
"Roma" Zaniolo o'rniga "CHelsi" futbolchisini olib kelmoqchi
"Roma" "CHelsi" yarim himoyachisi Hakim Zieshga qiziqish bildirmoqda.
Malumotlarga ko'ra, Italiya klubi 29 yoshli futbolchining agenti bilan bog'langan. Agar Nikolo Zaniolo "bo'rilar" safini qishda tark etsa Ziesh transferi sodir bo'lishi mumkin.
Rim klubi hozircha Zaniolo borasida kelishuvga erishgani yo'q, unga "Tottenxem" qiziqish bildirmoqda, biroq "shporlar" taklif qilgan pul "Roma"ni qoniqtirmayapti.
Bundan tashqari, Zieshni "Roma"ga taklif qilish qiyin kechishi mumkin, chunki futbolchi London klubida katta maosh oladi. Uning "CHelsi"dagi yillik maoshi 6,5 mln. evroni tashkil qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar