"Roma" "Renn" himoyachisi Traoreni sotib olishi mumkin
06 jan 2023 18:46
Yangiliklar
"Roma" "Renn" himoyachisi Traoreni sotib olishi mumkin
"Roma" klubi "Renn" va Mali himoyachisi Amari Traorega qiziqish bildirmoqda.
Bu haqda GFFN xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, Rim klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyu himoya chizig'ini tajribali futbolchi bilan kuchaytirmoqchi.
Traore 2017 yildan beri "Renn" safida to'p tepib keladi. 30 yoshli malilik futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchini 10 million evroga baholamoqda.
Traore 2022/23 yilgi mavsumda "Renn" safida barcha musobaqalarda 19 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar