“Roma” Madrid klubi o'yinchisini qishda o'ziga jalb qilmoqchi
19 dek 13:22
Yangiliklar
“Roma” Madrid klubi o'yinchisini qishda o'ziga jalb qilmoqchi
"Roma" nafaqat "Manchester Yunayted" forvardi Joshua Zirkzeni, balki "Atletiko" hujumchisi Jakomo Raspadori transferini ham ko'rib chiqmoqda.
Rimliklar 25 yoshli italiyalik futbolchining vakillari bilan aloqada bo'lib turibdi, u mavsumning barcha musobaqalarida 13 ta o'yinda "Atletiko" safida 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
"Roma" ustozi Jan Pero Gasperini "Atalanta"ga murabbiylik qilayotganida Raspadorini o'z safiga qo'shib olmoqchi bo'lgan.
Avgust oyida "Atletiko" Raspadorini "Napoli"dan 22+4 mln evroga sotib oldi va u bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Futbolchiga "Lacio" ham qiziqish bildirmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Fikrlar