"Roma" mashg'ulotida to'polon: murabbiy va futbolchi katta janjal keltirib chiqardi
30 avg 13:58
Yangiliklar
"Roma" mashg'ulotida to'polon: murabbiy va futbolchi katta janjal keltirib chiqardi
Italiyaning "Roma" jamoasi mashg'ulotida bosh murabbiy Daniele De Rossi va futbolchi Brayan Kristante o'rtasida mojaro ro'y berdi.
Og'zaki janjal mushtlashuvga aylanib ketishiga bir baxya qoldi.
"RaiNews" xabariga ko'ra, voqea chorshanba kuni, "bo'rilar"ning so'nggi mashg'ulotida sodir bo'lgan. Murabbiy va futbolchi o'rtasidagi ziddiyatni bartaraf etish uchun futbolchilar aralashishiga to'g'ri kelgan. To'polonga argentinalik Leandro Paredes ham aralashib qolgani aytilmoqda.
"Roma" yangi mavsumni omadsiz boshladi. Klub avvaliga "Kalyari" bilan durang (0:0) o'ynagan bo'lsa, "Empoli" bilan o'yinda fiaskoga uchradi – 1:2.
Poytaxt klubining navbatdagi o'yini "Yuventus"ga qarshi bo'ladi. Uchrashuv 1 sentyabr kuni, soat 23:45 da boshlanadi.
Fikrlar
бизларга хос эмас сиз у́рисдан у́рганиб бир миллатни хакорат килманг украин миллатини хохол деб . У́рислардан биз у́збекларни фаркимиз биз хамма миллатга хурмат иззат билан муносабатда бу́ламиз .