Rodri: "Men ijtimoiy tarmoqlar yoki 400 funtlik krossovkalarga qiziqmayman. Men..."
07 sen 2024 15:48
Yangiliklar
Rodri: "Men ijtimoiy tarmoqlar yoki 400 funtlik krossovkalarga qiziqmayman. Men..."
"Butun hayotim davomida ikki olamda yashadim. Biri - futbol, ikkinchisi - "real olam". Bazida jamoadoshlarim normal odam emasligimni aytib kulishadi. Gap futbol haqida ketsa, men narkomanga aylanaman.
Men ijtimoiy tarmoqlar yoki 400 funtlik krossovkalarga qiziqmayman. Men futbolni yaxshi ko'rganim uchun bolaligimdan hissiyotlar sabab maydonda to'p tepardim. Bolaligimda "Men futbolchi bo'laman, Ferrari sotib olaman" demaganman. Kumirlarim tufayli mazza qilib ularni kuzatardim, ular kabi futbol o'ynashga harakat qilardim.
Esimda, besh yoshda edim, tumanimiz markazida umumiy basseyn va bolalar bog'chasi bo'lardi. Yozda futbol o'ynab, basseynda cho'milardik, yana o'ynab, yana suzardik. Tushlik qilib, yana qaytib kelardik" - dedi Rodri.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar