So’nggi yangiliklar

19:14Артета "Астон Вилла" билан ўйин олдидан: "Бизни ҳақиқатан жуда қийин ўйин кутмоқда"  1 18:51Эрон чемпионати. "Трактор" ўз уйида "Малаван" билан муроса кўчасини танлади, Ҳамробеков 71 дақиқа ўйнади  1 18:20Мундиал тарихи. Қуръа ташлаган 5 ёшли болакай, иримчи дарвозабон ва ялангоёқ тўпурар, шортиги тушиб кетган Меацца ҳамда пойабзал қутисида сақланган кубок ҳақида ҳикоя қиламиз  0 17:55Кварацхелия — Грузияда бешинчи бор йилнинг энг яхши футболчиси  2 17:29Расман: "Қўқон-1912" "Бухоро" ҳужумчиси трансферини эълон қилди  12 16:57Салоҳ учун эҳтимолий клублар маълум: "Ливерпуль" юлдузи Африка Кубогидан кейин қаерга йўл олади?  1 16:25"Барселона"да навбатдаги можаро: клуб президенти фирибгарликда гумонланмоқда  21 15:58"Локомотив" футболчиси "Бухоро"га йўл олди  3 15:29Рамос таклифларни кўриб чиқишга тайёр бўлган Европа лигалари аниқ бўлди  2 15:00Орзулар рўёби: Ўзбекистон футболининг тарихий йилидаги муҳим воқеалар  4 14:33ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди  15 14:12Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!  24 13:52Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!  35 13:30Кроос ЖЧ-2026 форматига қарши чиқди: "5:0 ёки 6:0 ҳисобидаги ғалабаларни эмас, сифатли ўйинларни кўришни истайман"  10 13:05Йилнинг охирги ўйинлари TVCOM'да  1

Riza Ayvazov: "Ikkinchi ligadagi raqobat jiddiy kechdi" Yangiliklar

Riza Ayvazov: "Ikkinchi ligadagi raqobat jiddiy kechdi"

Teglar :  Riza AyvazovFarDU
Avval xabar berganimizdek, kuni kecha Farg'onada futbol bo'yicha 2-liga g'olibligini qo'lga kiritgan Farg'ona davlat universitetining FarDU klubini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Saytimiz muxbiri mazkur marosim yakunida jamoa to'purari Riza Ayvazovning fikrlari bilan qiziqdi.

- Riza, avvalo qo'lga kiritilgan yutuqlar bilan tabriklaymiz. Ortda qolgan mavsumdan qanday taasurotlar oldingiz?

- Ortda qolgan mavsum ko'tarinki ruhda tashkil etildi. CHempionatda jiddiy kurash kechdi, o'yinlar sog'lom raqobat muhitida tashkillandi. CHempionlikni qo'lga kiritdik, albatta ushbu natijada jamoamizning har bir azosini alohida hissasi bor.

- Klubda futbol uchun yaratilgan sharoitlar qanday?

- SHaroitlar alo darajada. Farg'ona davlat universiteti rektori klub prezidenti ham hisoblanadi. Bizga klubimiz rahbari tomonidan barcha sharoitlar mukammal yaratib berilmoqda. Rahbariyatga, murabbiylar shtabiga va shu jamoada mehnat qilayotgan barchaga minnatdorchilik bildiramiz.

- Sizningcha, 2-liga musobaqalari qanday darajada tashkil etildi? 

- Viloyat futbol associaciyasi mutasaddilari joriy mavsumda ham 2-liga o'yinlarini professional tarzda tashkil etishdi. Futbol associaciya birinchi vice-prezidenti Nosir Otaqo'ziev va boshqa mutasaddilar viloyatda futbol rivojiga o'zlarining munosib hissalarini qo'shib kelmoqdalar. CHempionat tashkil etish oson ish emas.

- CHempionlik yo'lida raqobat tug'dirgan qaysi jamoalarni ko'rsatgan bo'lardingiz?

- CHempionatda ishtirok etgan barcha jamoalar birdek kuchli edi. Raqobat va sovrinli o'rinlar uchun kurash juda jiddiy kechdi. Biz balki qaerdadir kuchli bo'ldik, bir qadam ko'proq qo'ydik, shularning natijasida chempionlikka erishdik.

Bekzod Tolibov yozib oldi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика