Rivojlanish kubogi. O'zbekiston U-17 Ozarbayjon U-16ni ishonchli hisobda mag'lub etdi
22 fev 2024 15:27
Yangiliklar
Rivojlanish kubogi. O'zbekiston U-17 Ozarbayjon U-16ni ishonchli hisobda mag'lub etdi
Asker Xalmuratov boshqaruvidagi O'zbekiston U-17 terma jamoasi “Rivojlanish kubogi”ning 3-turida Ozarbayjon U-16 jamoasiga qarshi bahs olib bordi va g'alaba qozondi.
O'zbekiston - Ozarbayjon 2:0
Gollar: Davron To'laganov (15), Quvonchbek Abraev (62).
O'zbekiston: Rasul Mamatov, Diyor Ermanov, Ozodbek Ibodulloev, Quvonchbek Abraev, SHahobiddin Po'latov, Jasurbek Jumaboev, Diyorbek Qo'shmatov, Saddam Ahmadov, Azizbek Anvarov, Alisher SHukurov, Davron To'laganov.
Zaxira: Zayniddin Yusufxonov, SHorahim SHorahmedov, Muhammadali Qodirjonov, Behruzjon Karimov, Asadbek Anvarov, Orzibek Turg'unov, Og'abek Eshmamatov, Ozodbek Tojiev, Komronbek Yusupov
O'zbekiston ushbu g'alaba evaziga ochkolar sonini 5 taga etkazib olgan holda "A" guruhida 1-o'rinni egallab turibdi. Guruh g'olibi nomi Belarus U-17 va Rossiya U-16 jamoalari bahsidan so'ng malum bo'ladi.





O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar