"River Pleyt" jahon chempionini o'z safiga qo'shib olmoqchi
19 dek 2024 15:58
Yangiliklar
"River Pleyt" jahon chempionini o'z safiga qo'shib olmoqchi
"River Pleyt" "Lion" va Argentina terma jamoasi himoyachisi Nikolas Talyafikoni sotib olmoqchi.
Francuz klubi futbolchi bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishga tayyor, sababi moliyaviy muammlarga duch kelgan. Sal avval Talyafikoning turmush o'rtog'i ikki bor uyiga o'g'ri tushmoqchi bo'lganidan keyin Lionni tark etganini malum qilgandi.
Eslatib o'tamiz, 32 yoshli chap qanot himoyachisi "Lion"ga 2022 yil "Ayaks"dan ko'chib o'tgandi. Uning amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga etadi. Joriy mavsum Talyafiko Liga 1da 8 va Evropa Ligasida 5 o'yinda ishtirok etib, 2 ta gol urdi va 6 bor sariq kartochkaga loyiq ko'rildi.
"Transfermarkt" portali futbolchi transferini 7 million evroga baholamoqda.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
Суперлига. "Пахтакор" "Насаф"ни мағлуб этиб, турнир жадвалида ортда қолдирди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar