Rivaldo: "Meni MYUga o'tkazmoqchi bo'lishgandi"
26 may 2019 12:12
Yangiliklar
Rivaldo: "Meni MYUga o'tkazmoqchi bo'lishgandi"
"Barselona"ning sobiq futbolchisi Rivaldo yarim himoyachi Ivan Rakitichning "Manchester Yunayted"ga o'tishi borasidagi savolga javob berdi.
"Ivan "Manchester Yunayted"ga o'tishi borasida ko'plab mish-mishlar yuribdi. MYU - juda katta tarixga, buyuk ananalarga ega klub bo'lsa ham Rakitich u erga o'tmasa kerak. Uning "Barselona"da o'ynashga kuchi etadi. CHunki u ajoyib futbolchi.
MYUda hozir qiyin holat bo'lsa ham istalgan futbolchi u erda o'ynashni istashi turgan gap. "Old Trafford"dek stadion barcha futbolchini o'ziga tortadi.
"Barselona"da o'ynab yurgan vaqtlarimda agentlarim meni "Manchester Yunayted"ga transfer qilmoqchi bo'lishgandi. Biroq men o'z jamoamdagi holatimdan mamnun edim va hech qaerga ketishni istamadim. MYUga hurmatim cheksiz, biroq ketishni istamagandim. Ammo o'sha paytlarda "Yunayted" menga aniq taklif bilan chiqmagandi ham", - dedi Rivaldo
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar