Rivaldo barcha davrning eng kuchli futbolchisi haqidagi savolga javob berdi
22 okt 2024 10:26
Yangiliklar
Rivaldo barcha davrning eng kuchli futbolchisi haqidagi savolga javob berdi
“Bunyodkor” sobiq futbolchisi Rivaldo Pele va Lionel Messini futbol tarixidagi eng yaxshi o'yinchilar deb atadi.
“Messi barcha davrlarning eng zo'r o'yinchisimi? Ha, Messi yoki Pele. Men Pelening o'yinlarini ko'rmaganman, faqat videolarini tomosha qilganman. Pele braziliyalik va u 3 karra jahon chempioni. Ammo Messi unga o'xshaydi. Leo o'z oldiga jahon chempionligini qo'lga kiritishni maqsad qilib qo'ygan edi va buni uddaladi.
Umid qilamanki, u futbol o'ynashda davom etadi, shunda biz uning harakatlaridan zavqlanaveramiz. CHunki bu Messi“, — deb fikr bildirdi “Oltin to'p” sohibi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar