Rio Ferdinand de Bryuyne haqida: "U bo'sh vaqtida snuker o'ynab turishi kerak"
14 jan 2024 14:15
Yangiliklar
Rio Ferdinand de Bryuyne haqida: "U bo'sh vaqtida snuker o'ynab turishi kerak"
Sobiq futbolchi Rio Ferdinand kecha "Nyukasl"ga qarshi o'yinda gol+assist qayd etgan Kevin de Bryuynedan hayratda ekanligini aytdi.
Belgiyalik futbolchi bahsning 69-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi. O'sha paytda hisob 1:2 ko'rinishida edi. 24 daqiqa ichida u gol + pas amalga oshirib, jamoasiga g'alaba taqdim qilib berdi.
"Pep Gvardiolani bugungidek xursand bo'lganini doim ham ko'rmaymiz. Bir gap aytaman: bu yigitcha qaytdi. Kevin tojdagi brilliantga o'xshaydi.
"Manchester Siti" qay tariqa o'zgarganini ko'ring. Bu yigitlar qachon pedalni bosish kerakligini bilishadi. Ularda tajriba katta, tarkib ham, ulardagi mahorat ham etarlicha darajada.
Futbolchilarning katta qismi zarba berilguncha katta vazifa bajarmoqda. Kevin esa burchakka qaradi va nishonga oldi. U bo'sh vaqtida snuker o'ynashi kerak", - dedi Rio Ferdinand.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar