So’nggi yangiliklar

08:19"Сурхон" уч нафар футболчи билан хайрлашди  0 03:20АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади  32 02:40АПЛ. ​"Челси" "Борнмут" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" ва "Эвертон" ғалаба қайд этишди  5 00:56Саудия Арабистони. "Ал Насср" мавсумда илк бор очко йўқотди. Роналду 957-голини урди  2 00:29Ўзбекистон U-21 терма жамоаси ўртоқлик учрашувида Қатар U-23 термасига ютқазди  4 00:14Ироқ. "Аманат" Бахтиёр Қосимовнинг дубли эвазига "Ал Шорта"ни мағлубиятга учратди  0 23:29"Ман Сити"га ўтаётган Семеньонинг трансфер суммаси ва маоши маълум  0 22:40"Манчестер Сити" ҳимоячиси "Вест Хэм"га ўтишни истамади  0 22:15Куртуа "Реал"нинг декабр ойидаги энг яхши ўйинчиси деб топилди  0 21:42Деклан Райс жароҳат сабаб "Астон Вилла"га қарши ўйнамайди  4 21:05Футболда 2026/2027 йилги мавсумдан бошлаб "Арсен Венгер офсайди" жорий этилиши мумкин  15 20:40Иньяки Уильямс Испания Суперкубоги ҳақида: "Саудия Арабистонида ўйнаш - жуда ёқимсиз"  2 20:18"Ғазалкент" 13 нафар футболчи билан шартнома тузилганини эълон қилди, улар орасида Ўзбекистон U-18 терма жамоаси аъзоси ҳам бор  6 20:04Анвар Ғофуров: "Чемпионликни муносиб ҳимоя қилиш учун барча куч ва маҳоратимизни ишга солишга тайёрмиз"  4 19:40Слот: "Янги футболчиларга қилинган барча харажатлар ҳам самарали бўлмади"  4

Retkliff MYUning 25% akciyasi xaridi haqida: "Maqsadlarimiz – klubni ingliz, Evropa va dunyo futboli cho'qqisiga qaytarish" Yangiliklar

Retkliff MYUning 25% akciyasi xaridi haqida: "Maqsadlarimiz – klubni ingliz, Evropa va dunyo futboli cho'qqisiga qaytarish"

Jim Retkliff "Manchester Yunayted"ni dunyo futboli cho'qqisiga qaytarishga umid qilmoqda.

"Manchester Yunayted" bugun rasman Ineos kimyoviy kompaniyasiga egalik qiluvchi britaniyalik milliarderga klubning 25% akciyasi sotilishini tasdiqladi. Bitim 1,25 mlrd funtga baholanmoqda.

"Butun umr davomida klubga muxlislik qiladigan mahalliy fuqaro sifatida bizga klubning boshqaruv faoliyatini bizga topshirgan "Manchester Yunayted" direktorlar kengashi bilan kelishuvga erishganimizdan xursandman. Klubning tijoriy muvaffaqiyati doim eng yuqori darajada sovrinlarni qo'lga kiritish uchun erkin mablag'larni kafolatlagan, ammo so'nggi paytlarda bu imkoniyat to'liq ochilmagan. Biz klubni yanada takomillashtirishga yordam berish uchun global bilim, tajriba va Ineos'ning keng sport guruhidan iqtidorlarni olib kelamiz, shuningdek "Old Trafford"ga bo'lajak sarmoya uchun mo'ljallangan mablag'larni taqdim etamiz.

Bu erda uzoq bo'lamiz va oldimizda juda ko'p qiyinchiliklar va mashaqqatli mehnat borligini tan olamiz va ularga qatiyat, professionallik va ishtiyoq bilan yondashamiz. Biz klubning olg'a intilishiga yordam berish uchun barcha – boshqaruv kengashi, xodimlar, futbolchilar va muxlislar bilan ishlashni xohlaymiz. Bizning maqsadlarimiz ayon: "Manchester Yunayted"ni o'z joyiga, yani ingliz, Evropa va dunyo futboli cho'qqisiga qaytarishni xohlaymiz", – deydi Retkliff.



Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика