Realning ikki futbolchisi kecha jarohat oldi va Barselonaga qarshi o'ynamasligi mumkin
24 apr 09:06
Yangiliklar
Realning ikki futbolchisi kecha jarohat oldi va Barselonaga qarshi o'ynamasligi mumkin
Kecha Real Madrid Xetafe mehmoni bo'ldi va 1:0 hisobida g'alaba qozondi.
Biroq bu g'alaba madridliklar uchun ancha qiyin bo'ldi.
Tanaffus vaqtida himoyachi David Alaba chap oyog'ida noqulaylik sezib, almashtirildi. Uning o'rnini Eduardo Kamavinga egalladi. Franciyalik futbolchi deyarli o'yin oxirigacha o'ynadi, ammo qo'shib berilgan vaqt boshida u ham Luis Miglianing qo'polligi natijasida jarohat olib, maydonni tark etdi.
Har ikki futbolchi bugun tibbiy tekshiruvdan o'tadi va qancha muddatga safdan chiqqani malum bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, «Real Madrid» navbatdagi uchrashuvini «Barselona»ga qarshi Ispaniya kubogining finalida o'tkazadi. Uchrashuv 26 apreldan 27 aprelga o'tar kechasi bo'lib o'tadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar