"Real" va La Liga Uxan klubini "El-Klasiko"ga taklif etdi
29 fev 2020 10:20
Yangiliklar
"Real" va La Liga Uxan klubini "El-Klasiko"ga taklif etdi
"Uxan Zall" futbolchilari 1 martda bo'lib o'tadigan "Real" va "Barselona" jamoalari o'rtasidagi o'yinga tashrif buyuradi.
Madrid klubi va La Liga xitoylik futbolchilarni birdamlik va hurmat qilish maqsadida "El Klasiko"ga taklif qilishdi.
"Uxan Zall" Ispaniyada yig'in o'tkazdi, endi jamoa ortga, yani koronavirus o'chog'i hisoblangan Uxanga qayta olmaydi.
Xitoylik o'yinchilar La Liga ofisiga bugun tashrif buyurishadi. Yakshanba kuni "Santyago Bernabeu"da o'yinni tomosha qilishadi, keyingi kun esa "Real" direktori Emilio Butrageno "Uxan Zall" o'yinchilari uchun stadionda ekskursiya uyushtiradi.
Eslatib o'tamiz, koronavirus sababli bo'layotgan eng ko'p o'lim holatlari aynan "Uxan Zall" klubi uy uchrashuvlarini o'tkazadigan Xubey provinciyasida sodir bo'lmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar