"Real" sobiq o'yinchisi Balboa: "Grizmann 14 yoshli bola emas, biz JCH g'olibi haqiga gapirmoqdamiz"
16 iyu 2020 14:17
Yangiliklar
"Real" sobiq o'yinchisi Balboa: "Grizmann 14 yoshli bola emas, biz JCH g'olibi haqiga gapirmoqdamiz"
"Real" sobiq o'yinchisi Xaver Balboa "Barselona" hujumchisi Antuan Grizmanni jamoaga moslasha olmayotgani uchun tanqid qildi.
"U dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri, u Messi va Suaresi bor jamoaga o'tdi, ammo Antuan maydonda emas. Agar senga bo'sh joy qoldirishmasa, buning ustida ishlash kerak. Men ko'plab mamlakatlarda o'ynaganman va doimo shu ishni qilganman.
Biz huddi 14 yoshli bola haqida gapirayotganga o'xshaymiz, ammo u Jahon chempioni. U "Barselona"da Messi va Suaresning o'yiniga moslasha olmaydimi? Bu munosabat va xohishga bog'liq. Breytueyt "Leganes"dan kelgan bo'lsa ham, bu ishni qilmoqda. U barchasini erkin tarzda bajarmoqda va maydonda o'zini ko'rsatmoqda", - deydi Balboa.
2019 yilning yozida "Barselona"ga o'tgan futbolchi hozirga qadar La Liga doirasidagi 26ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar