"Real" prezidenti: "Biz PSJ kabi 222 mln. evroga futbolchi sotib olmaymiz"
09 sen 2017 14:47
Yangiliklar
"Real" prezidenti: "Biz PSJ kabi 222 mln. evroga futbolchi sotib olmaymiz"
"Neymarning PSJga transferi? "Real" bir futbolchi uchun 222 mln. evro to'lamaydi. Biroq shuncha to'laydigan klublar mavjud. PSJ xarid qildi va Neymar endi Parijda. Agar ularga shunga qaror qilishgan bo'lsa, xarid aziydi. Neymar - ajoyib futbolchi, bunga shubha yo'q.
"Real"ning Mbappega qiziqishi? Kilian PSJni tanladi, chunki u Parijda tug'ilgan. Uni "Real" uchun xarid qilib, bizda borini buzish, to'g'ri qaror bo'lishini bilmayman. Mbappe hozir PSJda, u o'sha klubda o'ynashni istadi.
Transfer bozoridagi aqlsizlikka keladigan bo'lsak, futbol o'zgarayotgani haqiqat. Odamlar unga katta pullar bilan kelishyapti va katta transferlar amalga oshirishmoqda. "Real" transferlar uchun 180-200 mln. evro sarflashga qodir, biroq hozirgi vaziyatda xarajat qilish foydamizga ishlaydi deb o'ylamayman. Kiyinish xonasidagi atmosferani buzadigan futbolchini xarid qilishdan foyda yo'q" - deydi Peres.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar