"Real" mavsumga tayyorlikni cheklangan tarkib bilan boshlaydi
29 avg 2020 18:51
Yangiliklar
"Real" mavsumga tayyorlikni cheklangan tarkib bilan boshlaydi
Madridning "Real" klubi dushanba kunidan mavsumoldi yig'inni boshlaydi.
"Qirollik klubi"da 2020/21 yilgi mavsumga tayyorgarlik ko'rish uchun 3 hafta vaqt bor. Bundan tashqari Zinedin Zidan tayyorgarlikni 12 futbolchi bilan boshlaydi.
Futbolchilar yakshanba kuni koronavirus uchun testdan o'tishadi. Koronavirus aniqlanmagan taqdirda dushanbadan tayyorgarlikni Marselo, Nacho, Luka Modrich, Federiko Valverde, Eder Militao, Karim Benzema, Isko, Vinisius, Rodrigo, Martin Edegor va Lukas Vaskes bilan boshlaydi.
Qolgan barcha o'yinchilar Millatlar Ligasiga tayyorgarlik ko'rish uchun terma jamoa ixtiyorida bo'lishadi. Ular Madridga bir necha haftalardan so'ng qaytishadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди
"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди
Fikrlar