"Real Madrid"ning yozdagi asosiy nishoni kim?
27 sen 2022 10:38
Yangiliklar
"Real Madrid"ning yozdagi asosiy nishoni kim?
Madrid klubining 2023 yilgi yozgi transferlar oynasida qo'lga kiritmoqchi bo'lgan asosiy futbolchisi nomi elon qilindi.
Manbaga ko'ra, ushbu o'yinchi "Borussiya" Dortmund futbolchisi Jud Bellingemdir. "Qirollik klubi" angliyalik yosh iqtidor egasi bilan aloqaga chiqqan va amaldagi jamoasi bilan shartnoma muddatini uzaytirmasligini so'ragan. Bellingem ham bunga rozi bo'lgan. U "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", "Liverpul" va "Real" variantlari orasidan aynan Madrid klubini tanlagan.
Bellingemning nemis klubi bilan tuzgan bitimi 2025 yil iyul oyiga qadar amalda bo'ladi. "Transfermarkt" portali yarim himoyachining narxini 90 mln evroga baholamoqda. Avvalroq, "Borussiya" uni 150 mln dan kamiga sotmasligini malum qilgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar