"Real Madrid" - La Ligada eng yaxshi
13 okt 2017 12:55
Yangiliklar
"Real Madrid" - La Ligada eng yaxshi
2017 yilda Ispaniya chempionatining hech bir jamoasi safarda "Real"dan ko'p g'alaba qozonmagan, ko'proq gol ura olmagan va poytaxtliklardan ko'proq ochko to'plamagan.
La Liga doirasidagi 15 o'yinning 13 tasida Zidan shogirdlari zafar quchishgan. SHuningdek o'sha 13 g'alabaning 12tasi qatorasiga rasmiylashtirilgani ham etiborga loyiq. Va agar ertaga (shanba kuni) "qaymoqranglilar" safarda "Xetafe"ni mag'lub etsalar, La Liga rekordi takrorlanadi.
Bu borada keyingi o'rinlarni "Barselona" (10) va "Atletiko" (8) egallab turibdi. Ushbu jamoalar safarda 32 ochkodan qo'lga kiritgan, bu esa "Real"nikidan 7 ochkoga kam degani.

Gol urish ko'rsatkichiga to'xtaladigan bo'lsak, "Real" raqilari darvozasiga 45 bor to'pni joylab qo'ygan. O'rtacha hisobda har bir o'yinga 3tadan to'g'ri keladi. "Barsa" (36) va "Atletiko" (29) bu boradla ham ortda qolmoqda.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar