“Real" "Leypcig" bilan o'yinga to'g'ridan-to'g'ri reys bilan uchmadi. Sababi malum
13 fev 17:10
Yangiliklar
“Real" "Leypcig" bilan o'yinga to'g'ridan-to'g'ri reys bilan uchmadi. Sababi malum
Madridning "Real" klubi aeroportdagi ish tashlash tufayli "Leypcig"ga qarshi o'yin marshrutini o'zgartirdi.
Yakshanba kuni Leypcig va Drezden aeroportlari xodimlari Verdi kasaba uyushmasining chaqirig'idan keyin ish tashlash elon qildi. Bunga Mitteldeutsche Airport AG xodimlariga ish haqini oshirish va 3000 evro miqdoridagi inflyaciya kompensaciyasini to'lashdan bosh tortgani sabab bo'ldi. Natijada Leypcig aeroportida 100 dan ortiq yo'lovchi reyslari bekor qilindi.
"Marca" nashrining yozishicha, Leypcigga qo'nish imkoni bo'lmagani uchun "Real" samolyoti Erfurtga qo'ndi. Madrid jamoasi qolgan 160 km yo'lni avtobusda bosib o'tdi.
Bugun CHempionlar Ligasining 1/8 finali doirasidagi "Real" va "Leypcig" jamoalari o'rtasidagi ilk uchrashuv bo'lib o'tadi. Madriddagi javob o'yini esa 6 mart kuni o'tkaziladi.
Fikrlar