"Real" bilan hech qanday kelishuv yo'q, hech kim Mbappega shart qo'ya olmaydi"
09 jan 2024 11:17
Yangiliklar
"Real" bilan hech qanday kelishuv yo'q, hech kim Mbappega shart qo'ya olmaydi"
Kilian masalasi yaqin orada hal bo'lmaydigan ko'rinadi.
Bir necha kun avval "Real Madrid" Mbappe bilan to'liq kelishuvga erishgani haqida malumot tarqalgandi. Biroq futbolchi yaqinlariga o'z kelajagini "Madrid" belgilashiga yo'l qo'ymasligi haqida aytib o'tgan.
Kilian "Real" o'ziga bosim o'tkazishga urinayotganidan norozi va APL, jumladan, "Liverpul" variantini ham sinchkovlik bilan o'rganib chiqmoqchi.
SHuningdek, Fabricio Romanoning yozishicha, Mbappega yaqin insonlar vaziyatga quyidagicha izoh berishgan.
"Kilianning kelajagi borasida hech qanday kelishuv yo'q. Bu borada hech qanday bahs-munozaralar ham bo'lmadi.
Hech kim Kilianga muhokamalar, o'ylash va bir qarorga kelish uchun vaqt borasida cheklovlar qo'ya olmaydi".
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar